Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

09:40:04 (GMT +5), seshanba, 19 mart 2024

Yo‘lovchilarga chegirmalar

     Orolbo’yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo’yicha investisiya loyihalarini o’z vaqtida va samarali ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida Orolbo’yi mintaqasi aholisining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan 2017 — 2021 yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi (keyingi o’rinlarda Davlat dasturi) 2017 yil 31 yanvar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOEVning PQ-2731-sonli qarori bilan  tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq Orolbo’yi mintaqasi aholisiga chegirmalar joriy qilindi.

 Qarorni yuklash.


     O'zbekiston Respublikasining o'rta-maxsus ta'lim va oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag'batlantirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'quvchi va talabalar uchun temir yo’l chiptalarini xarid qilishda chegirmalar belgilandi.

   Joriy yilning  28 dekabr kunidan 2018 yil 10 yanvargacha o'quvchi va talabalar ichki yo'nalashlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma  asosida xarid qilishi mumkin.

     Mazkur chegirma respublikamizning faqat mahalliy yo’nalishlariga belgilangan. Shuningdek xalqaro yo’nalishida qatnovchi va “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo’lmagan, hamda yuqori tezlikda xarakatlanuvchi «Afrosiyob» poezdlariga taaluqli emas.