Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

10:39:47 (GMT +5), seshanba, 19 mart 2024

Kengash

Davlat aktivlariga ega bo’lgan yirik aksiyadorlik kompaniyalarning faoliyat darajasini oshirish bo’yicha kuzatuv kengashi a’zolarining o’rni va javobgarliklarini kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 iyuldagi №PQ-424 “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori bilan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Kengashining quyidagi tarkibi tasdiqlangan:

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir birinchi o’rinbosari;
Istamov Mahmud Shuhratovich
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o’rinbosari;
Maksimkulov Baxtiyor Jumayevich    
O’zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi yetakchi inspektori;
Saifnazarov Soxib Ismailovich O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirinig birinchi o'rinbosari;
Miraliyev Alisher Erkinovich O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig'i;
Abidov Akmal Jurabayevich O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;

Kengashning asosiy vazifalari:

  • muntazam asosda (har chorakda) aksiyadorlik kompaniyalari moliyaviy-xo'jalik faoliyati ko'rsatkichlari o’sishinining ko’rgazmali tahlilini amalga oshirish;
  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, tasdiqlangan biznes-rejalari parametrlarini bajarish borasida kompaniya va korxonalar rahabrlari faoliyati natijalarini, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini prinsipial baholashni nazarda tutgan holda kompaniyalar va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar ijro etuvchi organlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash;
  • Hisobot yilidagi ish yakunlarini chiqarishda har bir Kengash a’zosini undagi shaaxsiy ishtiroki samaradorligini tanqidiy ko’rib chiqish;
  • Kengash raislari, zarur holarda, yetarli tashabbus va prisipiallik ko’rsatmayitgan Kengash a’zolarini almashtirish bo’yicha belgilangan tartibda asosli takliflar kiritish.