Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

08:51:34 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ 06 muhim fakt e'lon qiladi

EMITENTNING NOMI

To‘liq:

“O‘zbekiston temir yo‘llari”

aksiyadorlik jamiyati

Qisqartirilgan:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Birja tikerining nomi:

Yo’q

ALOQA MA’LUMOTLARI

Joylashgan yeri:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi,7-uy.

Pochta manzili:

100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi,7-uy.

Elektron pochta manzili:

info@uzrailway.uz

Rasmiy veb-sayti:

www.railway.uz

MUHIM FAKT TO‘G‘RISIDA AXBOROT

Muhim faktning raqami:

06

Muhim faktning nomi:

Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qaror

Umumiy yig‘ilish turi:

Navbatdan tashqari

Umumiy yig‘ilish o‘tkazish sanasi:

‎‎11.10.2018 y.

Umumiy yig‘ilish bayonnomasi tuzilgan sana:

11.10.2018 y.

Umumiy yig‘ilish bayonnomasi jamiyatga kelib tushgan sana:

11.10.2018 y.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan joy:

Toshkent shahri

Ovoz berishga qo‘yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

yoqlash

qarshi

betaraflar

%

soni

%

%

soni

%

1.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha hisobotini tinglash va tasdiqlash, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2017 yilgi biznes-rejasini amalga oshirish.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

2.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo'yicha 2017 yil yakuni bo`yich auditorlik xulosasini tasdiqlash.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

3.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo'yicha 2017 yil yakuni bo`yicha taftish komissiyasi hulosasini tasdiqlash.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

4.

Jamiyatning 2017 yil faoliyati yakunlari bo`yicha sof foydani taqsimlash.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

5.

Jamiyatning 2017 yil uchun balans va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tasdiqlash.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

6.

Auditorlik tekshiruvi uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to'lanadigan haqni tasdiqlash.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

7.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining korporativ boshqaruv tizimini mutaqil baholashni tashkillashtirish to'g'risida.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

8.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv Kengashi a'zolarini tanlash to'g'risida

100

12 976 409 900

0

0

0

0

9.

Taftish komissiyasining a'zolarini tanlash va ularni mukofot miqdorini aniqlash to'g'risida.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

10.

Kuzatuv Kengashi azolari bilan mexnat shartnomalarini uzaytirish to'g'risida.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

11.

Aksiyadorlik jamiyatlarini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha 30.04.2018 yil 15-sonli Komissiya tomonidan tasdiqlangan bayonnoma asosida Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga amal qilishni kiritish.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

12.

Jamiyat tomonidan Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini qabul qilish to'g'risidagi xabarnoma shaklini tasdiqlash to`g`risida.

100

12 976 409 900

0

0

0

0

 

Umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilingan qarorning to‘liq bayoni:

1.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari jamiyatningning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati xisoboti, 2017 yilga mo'ljallangan biznes-rejani amalga oshirish va jamiyat boshqaruv ishini qoniqarli deb tasdiqlansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 yanvardagi 2737-sonli farmonini so'zsiz bajarilishini ta'minlash va ma’lumot uchun qabul qilinsin;

- biznes reja parametrlarini so'zsiz bajarilishi ta'minsin, debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni, shu jumladan tarkibiy korxonalar bo'yicha qisqartirish chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilsin;

Biznes-rejada ko'zda tutilmagan xarajatlarni oshishiga yo`l qo`ymaslik bilan Biznes-rejaning parametrlarini so'zsiz bajarilishi ta'minlansin;

- «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va uning quyi tashkilotlari tashqi audit o'tkazish va moliyaviy hisobotlarni xalqaro audit standartlariga va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq ravishda e'lon qilish talablariga rioya etilishi ta'minlansin;

2.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2017 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha "ODIL AUDIT" mas'uliyati cheklangan jamiyat xulosasi tasdiqlansin.

 

3.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2017 yilgi moliyaviy-xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha tekshirish natijalari bo'yicha taftish komissiyasining xulosasi tasdiqlansin.

Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari F.F. Sagdullaevga, kelgusida har bir bitim uchun "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining talablariga rioya qilinsin.

4.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli ko'rsatmalarini belgilangan tartibda taqdim etgandan so'ng, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning 2017 yilgi sof foydasini taqsimlash masalasi ko'rib chiqilsin.

5.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJning 2017 yilgi balans va moliyaviy natijalarni tasdiqlansin.

6.

HLB TASHKENT MChJ auditorlik tashkilotini MSA bo'yicha tekshirish o'tkazish uchun 389,750 mln. so'mlik miqdordagach, XSA bo'yicha audit o'tkazish uchun 388,910 mln. so'mgacha, XMSXga muvofiq konsultatsiya qilingan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda ko'maklashish va 389,9 mln. so'mgacha ma’qullansin.

7.

2015 yil 31 dekabrda aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalariga muvofiq, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning korporativ boshqaruv tizimini baholash bir oy muddatda mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan xolda amalga oshirilsin.

8.

2006 yil 24 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-424-sonli "Davlat aktivlari bo'yicha yirik aksiyadorlik jamiyatlari kengash tarkibini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga asosan va Davlat aktivlarini boshqarish markazining 27.01.2017yil, 02.02.2017 yil, №01/06-178 №01/06-231 va 15.06.2017 yil 01/06-1423-son xatlariga asosan ushbu bayonnomaning 1-ilovaga muvofiq "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati Kengashi a'zolari tarkibi tasdiqlansin.

9.

Mazkur bayonnomaning 2-ilovasiga muvofiq, taftish komissiyasi a'zolariga nomzodlar ro'yxati tasdiqlansin;

Taftish komissiyasi a'zolari jamiyatning moliyaviy-xo'jalik faoliyatining 2017 yil yakunlari natijalari bo'yicha xulosalar kiritilganligi va jamiyatning affillangan shaxslari yoki imzolangan yirik bitimlar asosida 2017 yilning 4-choragi va 2018 yilning 1-choragi yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 barobari miqdorida mukofotlanishi belgilansin.

10.

«O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi va a'zolari bilan kelgusi yil uchun mehnat shartnomalari muddati uzaytirilsin.

11.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha 30.04.2018 yil 15-sonli Komissiya tomonidan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalariga amal qilish majburiyatlari qabul qilinsin.

12.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha 30.04.2018 yil 15-sonli Komissiya bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini qabul qilish to'g'risidagi xabarnomaning shakli tasdiqlansin.


Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi