Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:48:21 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

O‘zbekiston diplomatlari Ispaniya vakillari bilan temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniyaning «CAF» kompaniyasi vakillari bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya temir yo‘l transporti tizimlari va uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish, yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatorida turadi.



Bugun kompaniyada 7 mingdan ortiq mutaxassis ishlaydi. 2020 yilda «CAF» yillik mablag‘ aylanmasi 2,7 milliard yevroni tashkil qilgan.

Uchrashuvda kompaniya mintaqaviy menejeri Xuan Xose Garsiya «CAF»  kompaniyasi lisenziya asosida yoki «kaliti bilan topshirish» sharti bilan kompleks temir yo‘l loyihalarini amalga oshirishda boy tajribaga ega ekanini ma’lum qildi. Ispaniya hukumatining imtiyozli kredit liniyalari hisobiga tezyurar poyezdlar va yo‘lovchi vagonlarini sotib olish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston bilan “Talgo” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik tajribasini hisobga olgan holda, «CAF» respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan temir yo‘l transporti, shu jumladan, shahar atrofi va shahar transporti, metro va tramvaylar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga qiziqish bildirmoqda. Ispaniya vakillari O‘zbekiston kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tuzish hamda birgalikda loyihalar amalga oshirishdan manfaatdor.

Muzokaralar yakunida mamlakatimiz mutasaddi vazirliklari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Ispaniyaning «CAF»  kompaniyasi vakillari ishtirokida muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish