×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:33:26 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

"Maxallabay": Temiryo‘lchilar aholi muammolarini hal etmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Maxallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi tashabbusi hududlardagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni tezda bartaraf etalishda mustahkam va ishonchli zamin bo‘lmoqda.

O‘zbekistan Respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2021 yil 8 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ushbu masalaga katta ahamiyat qaratilib, har bir vazirlik va tashkilotlarga “Maxallabay” ishlash bo‘yicha hududlar ajratilgan edi. Unga ko‘ra “O‘zbekistan temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 10ta maxalla biriktirildi. 

Shundan so‘ng “O‘zbekistan temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilovning 15 fevraldagi “Maxallabay” tizimi faoliyatini jadallashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan ishchi guruhi tuzilib, Mirobod tumanidagi “Minor”, “Fayzobod”, “Oq uy”, “A.Fitrat“, “Oltinko‘l”, “Sariko‘l”, “Banokatiy”, “Qorasuv", “Yangi zamon” hamda “Furqat” kabi maxallalarda Jamiyat rahbariyati tamonidan biriktirilgan xodimlar uyma-uy yurib, aniqlagan va o‘rganib chiqgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ildi. Shundan so‘ng “Maxallabay" usulida muammolarni bartaraf etish ishlari fevral oyida boshlandi. 

Unga ko‘ra har bir maxallaga Jamiyatning 10dan ortiq korxonalari va 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlari biriktirilib, aniqlangan muammolarni joylarda bartaraf etish uchun vazifa yuklatildi. Barcha maxallalarda olib borilishi zarur bo‘lgan obodonlashtirish va qurilish ishlariga 20ga yaqin maxsus ko‘tarma mexanizm va yuk mashinalari ajratildi.

Tumandagi “Oq uy” maxallasi va uning atrofida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Zamonaviy texnikalarda temiryo‘lchilar ushbu makonni obod maxallaga aylantirish uchun tinim bilmay mehnat qilishmoqda. “Oq uy” maxallasiga “O‘zbekistan temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov hamda boshqarma boshliqlari kelganligi va u yerda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish jarayonini shaxsan boshqaruv raisining o‘zi nazorat qilib, boshchilik qilayotgani ish samarasini yanada oshirmoqda. E’tiborlisi, X.Xasilov temir yo‘lga biriktirilgan har bir maxallaga borib, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni, temir yo‘l korxonalari va ishchi-xodimlari tomonidan u yerda bajarilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilmoqda.

 “Oq uy” maxallasidagi mavjud bir kavatli uylardan tashqari 1955-1960 yillar oralig‘ida qurilgan 2 qavatli 13ta xonadon ham bor. Temiryo‘lchilar tamonidan mazkur xonadonlarning nurab yotgan tom qismi yangi profnastil tunuka bilan qoplanmoqda. Maxalla yo‘llari asfalt qilishga tayyorlanib, binolarning yon qismi va xonadonlarga kirib-chiqish yo‘laklariga beton yotqizilmoqda. Xonadonlar atrofi ko‘rkam panjarali to‘siqlar bilan o‘rab chiqilib, hududga bolalar maydonchasi qurib berildi. Shuningdek, maxalla hududidagi, xonadonlar atrofi chiqindilardan tozalanib, 130dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Nurab yotgan va aholiga bir necha yildan buyon noqulaylik tug‘dirib kelayotgan tartabsiz qurilgan eski omborxonalar ham maxalla fuqarolarining taklifi bilan buzilib, uning atrof keng va obod ko‘rinishga keltirilayapti.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish