Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:56:42 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Hayotlarini temir yo‘l bilan bog‘lashni istagan yoshlar e’tiboriga

Ma'lumki, bugungi kunda yoshlar siyosati, xususan, yosh avlodga ta'lim berish davlatni rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Mamlakatimiz sanoat salohiyatini rivojlantirishga yoshlarni jalb qilish, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibida faoliyat yuritadigan ishlab chiqarish korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida, bugungi kunda 12 fakultetda 34 ta mutaxassislik va yo'nalishlar bo'yicha ta’lim beradigan Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutiga abituriyentlarni qabul qilish tizimi yo’lga qo‘yildi.  

O‘zlarining professional faoliyatlarini temir yo‘l va uning tarkibiy bo‘linmalari bilan bevosita bog‘lashni rejalashtirgan, temir yo‘l sohasida talab qilinadigan kasblar bo‘yicha ta'lim olishni istagan va chinakam qiziqish ko‘rsatgan yoshlar Rossiyaning yetakchi universitetlaridan birida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish imkoniyatiga egalar (mutaxassisliklar ro‘yxati biriktirilgan jadvalda ko‘rsatilgan).


Shuni ta’kidlash joizki, imtihonlar 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich suhbat va testlarni o‘z ichiga oladi. Faqat 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar Rossiya Federatsiyasida qabul qilingan tizim bo‘yicha kirish imtihonini - Yagona davlat imtihonini o‘z ichiga olgan 2-bosqichga qo‘yiladilar. Abituriyentlarga qo‘yiladigan asosiy talablar – yosh chegarasi 18-30 yosh, o‘rta ta’lim hujjatiga ega bo‘lish, temir yo‘lga aloqador bo‘lish va rus tilini yaxshi bilish (talab qilingan til bilish darajasi suhbat paytida aniqlanadi) kabilardir.

Qo‘shimcha ma'lumot va boshqa qiziqtirgan savollarga javoblarni Telegram messenjerida yaratilgan "savol - javob" formatida tuzilgan maxsus guruhga murojaat qilish yoki +99890 926 98 16  telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin (raqam Telegram messenjeriga bog‘langan).

Ma'lumki, Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya instituti (Davlat texnologiya universiteti) Rossiya Federatsiyasining yetakchi texnika universitetlaridan biri hisoblanadi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish