Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

05:19:54 (GMT +5), juma, 1 dekabr 2023

Shifokorlar orasida “ustoz-shogird” an’anasi

2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida temiryo‘lchilarni sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida "O‘zbekistan temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy temiryo‘lchilar klinik shifoxonasi tomonidan yosh tibbiyot mutaxassislari "ustoz-shogird" an’anasini davom ettirgan holda tajribali mutaxassislarga biriktirildi.


Davolash muassasasida oftalmologik tizimda “Megatron S4 HPS bilan 152’LED Flash/CoolFlash” texnologiyasi yordamida katarakta kasalligining turli shakllarini ultratovushli fakoemulsifikasiya usuli bilan zamonaviy amaliyotni tatbiq etgan holda tig‘iz ko‘z gavharini almashtirish, umumiy diagnostika maqsadida yuqori sifatli ultratovush tashxis apparati “Philips Affiniti 30”, videogastroskop va videokolonoskop bilan xromoskopiya funksiyasiga ega aniqlikda (HD) videoendoskopik tizim tatbiq qilindi. Bundan tashqari, kelajakda MSKT bilan jihozlash ham rejalashtirilgan. Shifoxonada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlardan tortib, hamshiralargacha bunday zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish o‘rgatilmoqda.

      

Shu bilan birga, muassasada yoshlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, turli xil yot oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklarining oldini olish maqsadida  “Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida uchrashuvlar tashkil qilinib, ma’ruzalar tinglanmoqda hamda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish