×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

21:32:55 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

2021 yil 29 mart kuni “Ko‘prikqurilish tresti” UK 13-Ko‘prikqurilish otryadida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh ishchilarning ish haqi miqdori kamligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlariga izoh

Joriy yil 27 mart kuni mazkur korxona ishchilariga fevral oyi ish haqining 50 foizi plastik kartalarga o‘tkazib berilgan, oylik hisoblangan ma’lumotnomalarini (koreshok) olishgan va hisoblangan ish haqini kam deb bilishgan. Aslida, oylik ish haqi ishchi va ma’muriyat orasida tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan tarif asosida hisoblangan va korxona imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha mukofot ham berilgan. Demak, ishchilar o‘z arizalari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasidagi tarif razryadlari bo‘yicha belgilangan miqdordan kam ish xaqi olmaganlar.  

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi qisqa, ya’ni 28 kun bo‘lgani sababli 2-vaxta 13 kundan iborat bo‘lgan (16-28 fevral kunlari) va shu kunlarga nisbatan ish soatlari hisoblangan. Norozilik bildirgan ishchilardan biri  o‘z hisobidan ta’til olgani sababli oylik maoshi kamroq hisoblangan.

Hurmatli quruvchilar, “Ko‘prikqurilish tresti” UK rahbariyati ishchi xodimlarni doimiy ravishda ish bilan ta’minlash, oylik maoshlarini o‘z  vaqtida berib borish, ish hajmining oshishiga qarab, ishchi-xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirib, mukofot pullarini berib borish borasida muntazam ish olib bormoqda. Asosiy maqsad, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirib, ishchi xodimlarning turmush farovonligini  oshirish, shuningdek, xalqqa qulaylik yaratadigan ulkan loyihalarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirishdan iboratdir.

“Ko‘prikqurilish tresti” UK rahbariyati yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun barcha ishchi xodimlardan uzr so‘raydi.

“Ko‘prikqurilish tresti” UK

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish