Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:42:43 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Andijon – Xonobod yo‘nalishida ilk poyezd yo‘lga chiqdi

Ta’kidlash joizki, Xonobod shahri Qoradaryoning o‘ng sohilida, viloyat sharqida, Andijon shahridan qariyb 80 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shaharga 1972 yilda asos solingan bo‘lib, aholisi 41ming kishini, umumiy yer maydoni esa, 23 kilometr kvadratni tashkil etadi. O‘zining ko‘rkam manzarasi, tabiatining go‘zalligi, toza havosi bilan sayyohlarning diqqatini o‘ziga jalb qila oladigan hudud desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 iyun kuni Andijon viloyatining Xonobod shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Xonobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi dam olishi uchun qulayliklar yaratish, xususan temir yo‘l vokzalini qurish bo‘yicha bergan topshiriqlari hamda O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xonobod shahrida temir yo‘l vokzali qurildi.

Xonobod temir yo‘l vokzali 50 o‘rinli bo‘lib, bir sutkada 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Vokzal atrofida  bir gektardan oshiq maydonga turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib,  obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Ushbu yangi vokzalning qurilishi bilan 20 nafarga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. 

Yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida, ya’ni bugun mazkur temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi. Erta tongdan Andijon – Xonobod yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi harakatini boshladi. Bayramona kayfiyatda  yo‘lga chiqqan nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar mazkur poyezdning ilk yo‘lovchisiga aylandilar.







“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish