Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

00:29:34 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

O‘zbekiston – Qirg‘iziston: Kelajakda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 16-17 mart kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ""Qirg‘iz temir joli" MK" davlat korxonasi bosh direktori V.K.Dashkov boshchiligidagi Qirg‘izistonning temir yo‘l ma'muriyati delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.   

Muzokaralar doirasida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish, Toshkent – Issiqko‘l (Ribachye) – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarining qatnovini tiklash. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning Yagona dispetcherlik markazi va Qirg‘iziston temir yo‘llari hududidagi Jalolobod stantsiyasining poyezd dispetcheri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri dispetcherlik aloqasini o‘rnatish, shuningdek boshqa qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.N.Xasilov uch tomonlama ekspertlar ishchi guruhi faoliyati doirasida yaqin hamkorlikka tayyorligini ta'kidlab, Qirg‘iziston temir yo‘lining hududida 280 km uzunlikdagi muqobil yo‘nalishli varyantni tanlashni qo‘llab-quvvatladi. Uchrashuv davomida, shuningdek, Toshkent – Issiqko‘l (Rybachye) – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilar poyezdini besh oy muddatga, shu yilning may oyidan boshlab haftasiga bir marta  tayinlash to‘g‘risida kelishib olindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni Yagona dispetcherlik markazi va  Qizg‘izistonning Jalolobod poyezd dispetcheri bilan aloqani tiklashga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. 

Bundan tashqari, tomonlar temir yo‘l orqali tashishlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va xalqaro qatnovida yuk vagonlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqdilar. 

Uchrashuv yakunida “O‘zbekiston temir yo‘llari‘ AJ va ""Qirg‘iz temir joli" MK" DK o‘rtasida yakuniy bayonnoma imzolandi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish