×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

21:01:47 (GMT +5), payshanba, 23 Мая 2024

Aholi murojaati o'rganilmoqda

Joriy yilning 12 fevral kuni internetdagi "YouTube" kanalida charter reyslar orqali yurtimiz hududiga kirib kelgan fuqarolar noroziligi aks ettirilgan videolavha tarqalgan va bunga sabab qilib koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun to‘lov narxlari yuqoriligi ko‘rsatilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi mazkur voqeani o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Videolavxa 2021 yilning 17 yanvar kuni, soat 00:40da, №483-sonli “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishdagi charter reysi orqali Qoraqalpog‘iston chegara temir yo‘l bekatiga kirib kelgan yo‘lovchilar tomonidan tasvirga olingan. Yo‘lovchilardan COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun ekspress tahlillar “AJINIYAZ QARAQALPAQ” MChJ xususiy klinikasi tomonidan  amalga oshirilganligi aniqlandi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan 2020 yilning 25 dekabridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish joriy etildi. Shuningdek, COVID-19 koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma (lisenziya, sertifikat)larga ega bo‘lgan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar – aloxida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hisoblanib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini mustaqil ravishda belgilaydilar hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq ular faoliyatiga har qanday aralashuv va cheklovlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham. Ya’ni, monopoliyaga yo‘l qo‘yilmasligi uchun ushbu xususiy klinika faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi mutlaqo mumkin emas. 

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqarolar o‘rnatilgan tartibda huquqni muxofaza qiluvchi va sud organlariga murojaat qilishlari mumkin.                       

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 
Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish