Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

16:19:12 (GMT +5), dushanba, 29 aprel 2024

Yangi yo‘nalishdagi poyezdning ilk qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Jumladan, 2021 yilning 16 fevralida, Toshkent markaziy vokzalidan harakatini boshlagan “Toshkent – Namangan – Andijon” va “Andijon – Namangan – Toshkent” yo‘nalishidagi 64/63-sonli yo‘lovchi poyezdi qatnovining amalga oshirilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Ushbu poyezd yo‘nalishi davomida Pop vokzali, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Rauston stansiyalari hamda Namangan vokzali, shuningdek, Chortoq, Uychi, Haqqulobod, Poytug‘ stansiyalaridan o‘tib, Andijon vokzaliga yetib keladi.
Bugungi kungacha, “Qo‘qon – Namangan – Qo‘qon” va “Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon” yo‘nalishlarida shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysi halqa temir yo‘li bo‘ylab elektropoyezd qatnovi ham yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunga qadar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallari orqali Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Termiz shaharlariga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshirilib kelinayotgan edi. 2021 yilning 15 fevralidan boshlab, “Andijon – Nukus – Andijon” yo‘nalishida ham yo‘lovchi poyezd qatnovi ilk bor amalga oshirildi.

“Toshkent – Namangan – Andijon” va “Andijon – Namangan – Toshkent yo‘nalishidagi 64/63-sonli yo‘lovchi poyezdining Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiribgina qolmay, bu birinchi navbatda Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarini o‘zaro bog‘laydi hamda yurtdoshlarimizga respublikamizning boshqa viloyatlariga temir yo‘l orqali borib kelishlarida juda katta qulaylik yaratadi.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish