Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:51:35 (GMT +5), dushanba, 29 aprel 2024

Yosh temiryo‘lchilar soha faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida uzel rahbariyatining tashabbusi bilan Hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi B.Najmiddinov va uzel Hududiy kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkiliy ishlar bo‘yicha mutaxassisi K.Karimovlar boshchiligida tanishtiruv sayohati tashkil etildi. 

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi, korxona va stansiyalarda o‘zining faolligi va izlanuvchanligi bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 25 nafar yosh mutaxassis Surxondaryo viloyati hududidagi muqaddas qadamjolarga sayohat hamda uzelning tog‘li hududi hisoblangan Darband mintaqasidagi korxona va tashkilotlar, stansiyalar faoliyati bilan tanishish  imkoniga ega bo‘ldi. 

Sayohat davomida dastlab yoshlar al-Hakim at-Termiziy qadamjolarini ziyorat qilib, al-Hakim at-Termiziy tarixiy muzeyiga tashrif buyurdilar. Keyingi manzil “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi tog‘li hududi hisoblangan Darband mintaqasi bo‘ldi. Unda yoshlar “Darband” stansiyasi, Darband aylanma deposi, Darband tiklash poyezdi hamda Darband temir yo‘l masofa korxonasi va “Oqnazar” stansiyalardagi mutaxassis va ishchi-xodimlar faoliyati bilan bevosita ish jarayonida yaqindan tanishishdi.

Bir kun davom etgan ushbu sayohat va soha faoliyati bilan yaqindan tanishuv jarayoni yosh temiryo‘lchilar uchun qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘ldi. Ular zaruriy ko‘nikma va tushunchalarga ega bo‘lishdi. Ishtirokchilar tadbirni tashkil etgan uzel rahbaryatiga ham o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi hamda kelgusida shu kabi tajriba almashish dasturlari ko‘proq tashkil etilishi ularni dunyo qarashining kengayishi va o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish