Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:58:12 (GMT +5), payshanba, 18 aprel 2024

O'zaro manfaatli hamkorlik

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Kanat Almagambetov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda tranzit, yuk va yo'lovchi tashish bo'yicha fikr almashildi. 

Bugungi kunda O'zbekiston va Qozog'iston nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishda balki, transport tizimini rivojlantirish borasida ham ishonchli va manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Ayniqsa, temir yo'l tarmoqlarining o'zaro xamjihatlikda faoliyat olib borishi yuqori natijalarni qo'lga kiritishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ma'lukmi, O'zbekistondan jahon bozoriga yetkaziladigan yuklarning katta qismi temir yo'llarda Qozog'iston xududi orqali olib o'tiladi. Shuni inobatga olib ikki davlat temir yo'l tizimi sohasida xavfsizlikni ta'minlash, yo'lovchi va yuk tashishni ko'paytirish yo'nalishida doimo hamfirk ish olib borilayapti. 

Navbatdagi uchrashuvda ham bu borada so'z bordi. Xususan, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan davlatlar o'rtasidagi xalqaro temir yo'l tutashuv punktlari orqali yuk qabul qilish va jo'natish oshirildi. Hozirda har sutkada Keles xalqaro tutashuv punkti orqali 26 juft poezd qabul qilinmoqda. Qo'shni davlatga tegishli 26 dona lokomotiv modernizatsiya qilindi. Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasida saralash punktini qurish bo'yicha ishlar boshlanganligi ta'kidlandi. Qozog'iston temir yo'llari tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan tashuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish va tranzit yuklar bo'yicha bir qator qulayliklar yaratilgan. 

Yig'ilishda konteyner orqali yuk tashishni rivojlantirish borasida ham so'z yuritildi. Shu bilan birga tranzit yuklarni amalga oshirishda yo'nalishlarni belgilab olish, Sariagash hamda Keles xalqaro tutashuv punktlari orqali tashuvlar sonini oshirish, 2019 yildagi rejalar muhokama etildi. Shuningdek, Qozog'iston orqali o'tuvchi tranzit yuklardan neft, to'qimachilik, qurilish mollariga chegirmalar berish haqida ham so'z bordi.


Uchrashuvda “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Fazliddin Sagdullaev ishtirok etdi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi imzolandi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish