×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:24:57 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Kuzatuv kengashiga xorijiy mutaxassislar

I. Kompaniya haqida qisqacha ma'lumot

Kompaniya nomi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Tashkiliy-huquqiy shakli

Aksiyadorlik jamiyati

Kompaniya tashkil topgan sana

1994 yil 7 noyabr' O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi PF-982-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/197198)

Aksiyadorlar haqida ma'lumot

100% - davlat (O‘zbekiston Respublikasi)

Asosiy faoliyat turi

Temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish

Kompaniya rasmiy sayti

www.railway.uz

II. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari

Asosiy tartibga soluvchi hujjatlar

  • O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 370-son  Qonuni (https://lex.uz/docs/2382409);
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ustavi (https://railway.uz/uz/proekty/1936/?sphrase_id=2724043)

Kuzatuv kengashining vakolatlari

(keyingi matnda -Kengash)

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kengashini asosiy vakolatlariga quiydagilar kiradi:

  • Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
  • mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
  • Jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullasho‘. Bunda Jamiyatning kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi Jamiyat Kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktiramay ma'qullanish lozim;
  • ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
  • Jamiyat ijro etuvchi organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan belgilangan tartibda erkin foydalanish va Jamiyat Kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ushbu hujjatlarni ijro etuvchi organdan olish. Jamiyat Kengashi va uning a'zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;
  • zaruriyat tug‘ilganda, Jamiyat korporativ  boshqaruv tizimini baholash uchun tanlov asosida mustaqil tashkilotni jalb etish;
  • Jamiyat biznes-rejasida belgilangan maqsadlarga erishishni monitoring qilish;
  • Korporativ boshqaruv kodeksi bajarilishini nazorat qilish;
  • Jamiyatning taftish komissiyasi a'zolariga to‘lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdori yuzasidan tavsiyalar berish;
  • Jamiyatning aksiyadoriga dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
  • Jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
  • Jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
  • Jamiyatning sho‘'ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan holatlarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
  • Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish.

III. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Ma'lumot darajasiga talab

Ma'lumot darajasi – oliy. Quyidagi sohalarda bakalavr, magistr darajasi mavjudligi:

  • moliya va iqtisodiyot;
  • temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish, transport logistikasi, yer usti transport tizimlari;

Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy) va fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) ilmiy darajalari qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbat jarayonida inobatga olinadi.

Ish tajribasiga talablar

  • Transport kompaniyalarida talab etilayotgan ma'lumot yo‘nalishlari bo‘yicha 15 yildan kam bo‘lmagan ish staji, shundan rahbar lavozimlarda – 7 yildan kam emas.

Тилларни билиши:

  • Rus va/yoki ingliz tili (professional darajada);
  • O‘zbek tili (qo‘llab-quvvatlanadi).

IV. Haq to‘lash shart-sharoitlari

Haq to‘lash miqdori suhbat natijalariga asosan belgilanadi.

V. Ariza berish tartibi

Ariza berish uchun Nomzodlar o‘z rezyumesi (CV)ni rus tilida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi janob Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich nomiga nnz@railway.uz elektron pochta manzili orqali 2021 yilning 15 martigacha yuborishlari lozim.

Arizalarni qabul qilish muddati tugagach, Nomzodlar hujjatlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning amaldagi Boshqaruvi va Kuzatuv kengashi a'zolari tomonidan komission tanlov asosida ko‘rib chiqiladi.

Nomzodlarni ko‘rib chiqish jarayonida suhbat o‘tkaziladi (yuzma-yuz yoki videokonferensaloqani tashkil etish orqali).

Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin

+998 90 318-36-66 (Telegram, WhatsApp), e-mail: ulugbekdosmetov@gmail.com Ulug‘bek.

+998 97 712-86-08 (Telegram, WhatsApp), e-mail: nnz@railway.uz Gyul'nara.