Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:11:22 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Elektron Hukumat

  O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bo‘yicha davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash samaradorligi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi PF-982-son Farmoniga asosan tashkil topgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 232-son qarori bilan kompaniya Ustavi tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari 2021 yil 15 martdagi 260-N-son buyruq bilan Jamiyatning bosh menejeri muxandisi Z.E. Maxamatov  zimmasiga raqamlashtirish bo‘yicha vazifalarni  boshqarish (Chief Digital Officier) vakolati yuklatilgan.

Jamiyatning AKTni tashkil qilish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linma sifatida Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish bosh boshqarmasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, Axborot-hisoblash markazi tomonidan axborot tizimlar va server qurilmalarini ekspluatatsiya qiladi. Korporativ ma'lumotlar uzatish tizimiga javobgar Aloqa va signallashtirish boshqarmasi tashkillashtirilgan. Umumiy olganda Jamiyatda 19+28+

    1.Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish.

1.1. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoniga muvofiq, 2021 yil 22 fevralda Jamiyatining 206-n sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Ushbu buyruq bilan Jamiyat tomonidan mutassadi vazirlik idoralar bilan birgalikda 3 ta axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha ishlar belgilangan, jumladan:

-        “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini takomillashtirish va unga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq barcha tartibotlarni bosqichma-bosqich qamrab olish;

-        Temir yo‘l va avia chegara bojxona postlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etish;

-        Barcha ma'lumot-larni o‘z ichiga qamrab oluvchi yo‘l-transport tizimining yagona axborot platformasini ishlab chiqish.

1.2.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, bayonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bayonlari bilan belgilangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosi holati, shu jumladan:

1.2.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni yuzasidan Jamiyatning 2020 yil 30 dekabrdagi 948-N-sonli hamda 2021 yil 15 martdagi 260-N-sonli buyruqlari qabul qilingan. Ushbu farmonga muvofiq, Jamiyat tomonidan 14 ta axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish belgilangan.

1.2.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son Qaroriga muvofiq, Jamiyat tomonidan 4 ta axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish belgilangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha 2020 yil 12 maydagi Tarmoq jadvallari o‘rnatilgan tartibda Transport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari vazirligi bilan kelishilgan va tasdiqlangan.

1.2.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-4273-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyat faoliyatiga doir 13 turdagi ochiq ma'lumotlar to‘plamlari Jamiyatning rasmiy veb-sayti hamda O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida (data.gov.uz) o‘zbek va rus tillarida csv, json va xml formatlarida muntazam joylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga ochiq ma'lumotlarni yuritish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish, jumladan xalqaro seminarlarda ishtiroki ta'minlangan (“Open Data to Fight Corruption Online Seminar”, 2020 yil 18 dekabr'). Ochiq ma'lumotlar to‘plamlari bo‘yicha 2015 yil 8 sentyabrda Jamiyatning 237-N-sonli buyrug‘i qabul qilingan.

1.2.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son Farmoni yuzasidan Jamiyatning 2020 yil 20 martdagi Yo‘l xaritasi tasdiqlangan. Yo‘l xaritaning ijrosini ta'minlash maqsadida “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini avtomobil' chegara bojxona postlarida joriy etish, temir yo‘l transportida tashilayotgan tovarlar bo‘yicha yuridik shaxslar, vagon, konteyner, harakatlanish hududi yoki saqlanayotgan (to‘xtab turgan) temir yo‘l stansiyasi to‘g‘risida elektron ma'lumotlarni bojxona organiga real vaqt rejimida taqdim etish uchun Davlat bojxona qo‘mitasining “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi Jamiyatning “ASOUP-2” tizimi bilan integratsiya qilinib, tegishli ma'lumotlar onlayn tarzda uzatilib kelinmoqda.

1.2.5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son Qaroriga muvofiq “Lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” loyihasini amalga oshirish vazifasi yuzasidan 2021 yil 19 martdagi loyihaning Manzilli yo‘l xaritasi Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan kelishib berilgan holda tasdiqlangan. Hozirgi kunda xorijiy tajribani o‘rganish hamda axborot tizimining texnik topshirig‘i ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

1.2.6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 762-son hamda 2019 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish to‘g‘risida” 1057-son qarorlarida berilgan topshiriqlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi Jamiyatning “ASOUP-2” hamda ASU “Ekpress-3” tizimi bilan integratsiya qilinib, tegishli ma'lumotlar onlayn tarzda uzatilib kelinmoqda. Ushbu qarorlar bajarilishi yuzasidan 2020 yil 19 martdagi 1241-sonli hamda 2020 yilning 26 martdagi N/1658a-sonli telegraf topshiriqlari qabul qilingan va mutasaddi bo‘lim va quyi tashkilotlariga yuborildi.

Shu bilan birga tezlashtirilgan bojxona rasmiylashtirilishini ta'minlash va “yashil yo‘lak” tamoyiliga o‘tish uchun 2020 yil 2 apreldan https://pei.railway.uz veb-sayti ishga tushirilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida oldindan ma'lumot taqdim etish hamda yuk vagonlarini chegarada turib qolishini oldini olish, ularni bojxona nazoratidan ixtiyoriy o‘tkazish imkoni yaratilgan.

Jamiyatda xisobot va xujjat aylanishi va yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi yo‘lga qo‘yish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, jumladan:

– ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizim (ijro.gov.uz) dan samarali foydalanib kelinmoqda.

– Jamiyat tizimida xisobot va xujjat aylanishi hamda yuritishning avtomatlashtirish borasida “GERMES” elektron tizimidan foydalanilmoqda.

     2. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalari ijrosi doirasida kadrlar tayyorlash maqsadida Jamiyatning professional ta'lim muassasalari (Toshkent va Samarqand temir yo‘l texnikumi), aloqador boshqarmalari va korxonalar bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

- axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 2020 yil 25 dekabrdagi 926-N-sonli Jamiyat buyrug‘i qabul qilingan;

- tasarrufdagi korxonalarning takliflari asosida shakllantirilgan kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqib, temir yo‘l sohasi uchun axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash uchun kasb-hunar ta'limi milliy standartlarini bosqichma-bosqich xalqaro ta'lim standartlari tasniflagichi va xalqaro malaka talablariga, malaka talablarini esa, xalqaro analoglarga moslashtirish ishlari amalga oshirildi;

- “Professional ta'limning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori”ga ikkita yangi 5.51.05.11- “Temir yo‘l transportida axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotlashtirish” va 5.51.05.12- “Temir yo‘l transportida elektron tizimlar va jihozlar” mutaxassislik (kasb)lari kiritildi va kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi;

- jamiyat bo‘yicha 2020 yil 17 aprelda qabul qilingan 289-N-sonli buyruq bilan o‘rta-maxsus professional ta'lim tizimi uchun me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzildi;

- jamiyat tomonidan temir yo‘l tizimi uchun ta'limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan tarmoq kvalifikasiya ramkasi, mutaxassislik (kasb)lar bo‘yicha professional standartlar ishlab chiqilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazildi;

- 2020/2021 o‘quv yilida mazkur mutaxassislik (kasb)lar bo‘yicha Toshkent va Samarqand temir yo‘l texnikumlariga jami 120 nafar o‘quvchilar qabul qilindi, 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuliga takliflar tayyorlandi (1-ilova);

- Toshkent davlat transport universitetida 5330200- “Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transportida)” va 5330200- “Informatika va axborot texnologiyalari (temir yo‘l transportida)” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan (64 nafar) bakalavriat, shuningdek 5A350102- “Axborot qurilmalari va tizimlari (temir yo‘l transporti)” va 5A350102- “Komp'yuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti (temir yo‘l transporti)” mutaxassisliklarida tahsil olayotgan (11 nafar) magistrantlarning o‘quv tanishuv, ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotlari (stajirovka) tashkil etildi va etilmoqda.