Poytaxt ko‘chalarida harakatlanadigan avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilar diqqatiga

  • 16.04.2021
  • 2188

2021 yil 17 aprel kuni soat 07:30dan 13:30ga qadar Salar – Yalang‘och stansiyalari  oralig‘ida, ya’ni 2 piketning 4-kilometridan 5-kilometrigacha bo‘lgan masofadagi temir yo‘lni yangilash (reablitasiya) ishlari amalga oshiriladi. Bu jarayonda og‘ir texnikalardan foydalaniladi.

    

Shu sababdan, Mirzo Ulug‘bek tumanining Shahriobod ko‘chasi hamda Yunusobod tumanining Bog‘ishamol ko‘chalarida tirbandlik yuzaga kelishi mumkin. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun oldindan uzr so‘ragan holda, haydovchilardan harakat xavfsizligini ta’minlashda faol bo‘lishlarini so‘rab qoladi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI