Ilovaning ishlashi haqidagi shikoyatga javob

  • 09.03.2021
  • 2038

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilardan biri elektron temir yo‘l chiptalarini sotib olish to‘lov tizimlari ishlashi yuzasidan shikoyat bildirdi.



Jumladan, savollardan biri “Click” to‘lov tizimiga tegishli. Ta'kidlash joiz, o‘tgan hafta ushbu tizim tomonidan muntazam nosozliklar yuzaga keldi, ya’ni to‘lov operasiyalari amalga oshirilgan vaqtda ba’zi muammolar kuzatildi va chora sifatida “Click” elektron temir yo‘l chiptalarini sotib olish to‘lov tizimlidan vaqtincha uzib qo‘yishga qaror qilindi. Ikki tomon («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va "Click") mutaxassislari muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib bormoqda va bir necha kun ichida ushbu tizim ("Click") yana ishga tushiriladi.

«Hamkorbank» ATB tomonidan elektron  temir yo‘l chiptalarini sotib olish to‘lov tizimiga integrasiya qilish jarayonini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Korporativ kartalar orqali to‘lov agenti rolida tajribasi kamligi sababli, ular mavjud bo‘lgan barcha muammolarni yuzaga kelayotgan paytda hal qilishmoqda. Bankning to‘lov operasiyalari korporativ kartalar orqali to‘lovni qabul qilinmoqda, biroq sotib oluvchilarga ba’zan tasdiq kodi bilan SMS-xabarnomalar yetib kelmayapti. SMS-xabarnomalarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ javobgar emas. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa operatorlari va «Hamkorbank» ATB, «PayMe», «Click» va «Stripe» to‘lov agentlari vakolatiga kiradi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI