Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

08:39:42 (GMT +5), shanba, 4 dekabr 2021

O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron Islom Respublikasi temir yo‘l ma'muriyatlari o‘rtasida navbatdagi videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

Ma'lumki, oldingi uch tomonlama muzokaralardagi kelishuviga binoan, bunday uchrashuvlar karantin cheklov choralari tugaguniga qadar  har oy onlayn shaklida tashkil etilmoqda. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, tomonlar samarali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini yana bir bor diqqat markazida bo‘ldi.

   

Jumladan, muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron temir yo‘l ma'muriyatlari rahbarlarining 2020 yil 21 mayda bo‘lib o‘tgan uchrashuv protokoli ijrosi muhokama qildilar. Yuk tashish hajmini oshirish uchun tomonlar Eron hududidan O‘zbekiston hududiga o‘tadigan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga tegishli bo‘lgan yuklangan vagonlarni o‘tkazishni va bo‘sh vagonlarni qaytarish jarayonlarini  tezlashtirishga alohida e'tibor berildi. Shuningdek, videokonferentsiya ishtirokchilari,  "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon" koridori (Ashxobod kelishuvi)  bo‘ylab harakatlanuvchi poyezdining tashishini muvofiqlashtirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston va Turkmaniston, hamda O'zbekiston va Eron temir yo‘l ma‘muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama onlayn uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish