Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

10:53:17 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

“Eng faol yosh mutaxassis” tanlovi g’oliblari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 dekabrdagi Yoshlar forumida belgilab bergan topshiriqlari, hamda 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi. Shu munosabat bilan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sohada faoliyat yuritayotgan zamonaviy bilmga ega intellektual salohiyatli kadrlarni rag‘batlantirish, sohadagi istiqbolli yosh kadrlarni tanlash va rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovi o’tkazilmoqda.

 

Bunda barcha uzellar va korxonalardan 3 nafardan ishtirokchilar qatnashishdi. Bular barchasi saralashda g’olib bo’lgan xodimlar.

Ananaga aylanib borayotgan ushbu tanlov uch yildan beri o’tkazilib kelinmoqda va o’z natijalarini beryapti. Ishtirokchilar uch bosqichda baxs olib boradilar:

1.Amaliy mashgulot: stansiya navbatchilarining mehnat faoliyati davomida egallagan bilim-ko‘nikmalarini aniqlash;

2.Test: ushbu shartda ishtiroIchilar 10ta test savollariga javob beradi. 80 ta test savoli soha bo‘yicha, qolgan 20 tasi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy hamda mamlakatimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid;

3. Suhbat: soxa bo‘yicha hayat a’zolari bilan ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

    

Tanlov doirasida tizimdagi barcha mintaqaviy temir yo‘l uzellarida aprel oyida tashishlarni tashkil etish sohasida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli, stansiya navbatchisi lavozimida kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega temiryo‘lchilar o‘rtasida saralash bosqichi o‘tkaziladi. Natijada 1va 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. 
 
Yakuniy bosqichda g’olib bo’lganlar Yagona dispechirlik markazida kamida uch oy muddatlik stajirovka o’taydi va keyinchalik ularning lavozimlari oshirilishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, 1-2-3-o’rinni olgan ishtirokchilar “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish