Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

16:45:18 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Barcha qulayliklar tadbirkorlar uchun

Bugungi kunda tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor ularning ish samaradorligini, shu bilan birga eksport-import salohiyatini oshirmoqda. Karantin cheklovlari davrida chegaralarning yopilishi yuk avtomobillarida yuk tashish hajmini birmuncha kamayishiga sabab bo‘lgan bo‘lsada temir yo‘l vagonlarida esa sezilarli darajada ortdi.

Shu boisdan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchilarga bir qancha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan tovarlar eksport yo‘nalishida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli vagonlarda tashish uchun xalqaro yuk tashish qiymatlari o‘rniga mahalliy yuk tashish qiymatlari, ya’ni “Preyskurant 10-01” asosida hisoblanishi belgilandi. Shuningdek, mahalliy va eksport yo‘nalishida yuklarni tashish uchun “Preyskurant 10-01” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarif siyosatining eksport yo‘nalishidagi qiymatlariga kamaytiruvchi koeffisiyentlar qo‘llaniladi.

“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi bilan yuk ortish va jo‘natish bo‘yicha 70 dan ortiq importyorlar va 30 dan ziyod eksportyorlar hamkorlik qilmoqda. Eksport va import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar Jamiyat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanib kelmoqdalar. Jumladan, shu kunga qadar 40 tonna piyozni Qarshi stansiyasidan Ilesk-1 stansiyasiga jo‘natishda, O‘zbekiston hududidan chegara punktigacha temir yo‘l tarifi avval 14.761.960 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hozirda chegirmalar hisobiga 3.600.000 so‘mni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, yuk jo‘natuvchi temir yo‘l stansiyalarida ARV vagonlarga yuk ortish bilan bog‘liq qo‘shimcha temir yo‘l xizmatlari uchun to‘lov yagona qiymat solig‘isiz 2.000.000 so‘m belgilanib, yuk ortish muddati 4 sutkaga uzaytirildi. O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afg‘onistonga eksportga jo‘natishda Xayraton ko‘prigidan 1ta vagon yoki 1ta 40 funtli konteynerni o‘tkazib berish va qaytarib olish uchun 200 AQSH dollari qiymatidagi qo‘shimcha yig‘im o‘rniga 100 AQSH dollari qiymatida qo‘shimcha yig‘im undirilishi belgilangan.

Ma'lumki, bugungi kunda barcha  temir yo‘l stansiyalarida “Yagona darcha” tizimi asosida shartnomalarni imzolash, yuk hujjatlarini rasmiylashtirish va barcha yuk hamda moliyaviy operasiyalar stansiyaning o‘zida amalga oshirilmoqda. Mijozlarga qulayliklar yaratish, yuk bilan kelgan vagonlar bekatlarda turib qolmasligi uchun Qarshi, Qashqadaryo, Kitob, Dehqonobod, Kengsoy temir yo‘l stansiyalari hududida yuk hovlisi ishga tushirildi.

Uzel korxonasi tasarrufidagi stansiyalar tomonidan bir kunda o‘rtacha 16000 tonna har xil turdagi yuklar Qashqadaryo viloyatidan yuklanib o‘z manziliga jo‘natilmoqda. Jumladan, Muborak tumanidan temir yo‘l transportida bir kunda 3000 tonnadan ortiq oltingugurt turli manzillarga jo‘natilmoqda. Muborak tumanidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi hamda 30 dan ortiq eksportyor korxonalar tomonidan temir yo‘l transporti orqali Eron, Turkiya, Misr, Marokko, Afg‘oniston, Ukraina, Rossiya davlatlariga va Xitoy Xalq Respublikasiga mahsulotlar eksport qilinmoqda.


Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish