Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

20:46:34 (GMT +5), juma, 14 iyun 2024

Modernizasiya qilish jarayonida sifat va xavfsizlikka e’tibor qaratilmoqda

“Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida olib borilayotgan bosqichma-bosqich islohotlar hamda ishchi-xodimlarning tinimsiz sa’y-harakatlari va izlanishlari natijasida korxonada ish sur’ati yil sayin o‘sishi kuzatilmoqda. 

Mavjud sexlar qayta rekonstruksiya qilinib, yangilarining qad rostlagani va mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi evaziga ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda. Shuning barobarida korxonada yangi ish o‘rinlari tashkil etimoqda.

Korxonaning asosiy vazifasi shaxtalardan ko‘mir qazib olib, uni qayta ishlash hisoblanadi. Buning natijasida aholini va ishlab chiqarish sanoat korxonalarini ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga hamda bir yillik belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishiga erishilmoqda. Shuningdek, korxona hududida qo‘shimcha “Sharg‘un mexanika zavodi”, “Sharg‘un briket” hamda “Sharg‘un tikuvchilik sexi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ham yangidan ishga tushirilganligi va u yerdan olinayotgan daromad korxonani rivojlantirishga kata hissa qo‘shmoqda. 

Ayni damda mazkur sexlarda buyurtma asosida temirga ishlov berish natijasida panjara, darvoza va turli xildagi mahsulotlardan tortib, maxsus kiyim hamda ko‘mirni qayta ishlash jarayonida sifatli briket shaklining ishlab chiqarilayotgani ham ayni muddao bo‘lmoqda. 

Korxonaning faoliyati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘tgan 2020 yilda belgilab berilgan rejaga ko‘ra, ko‘mir ishlab chiqarish 221 ming tonnani tashkil etishi kerak edi, ammo korxonaning zahmatkash ishchi-xodimlari tomonidan 246,8 ming tonna ko‘mir qazib olinishiga erishildi. Bu belgilangan rejaga nisbatan 111,7 foizga bajarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 241,9 ming tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lib, ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 102 foizni tashkil etdi. Shuningdek, ko‘mirning ustki qatlamini ochish yumushlari rejadagi 1560 ming kub o‘rniga, 1497,2 ming kub, ya’ni 96 foizga bajarildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1042,2 ming kubga bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 143,7 foizni tashkil qildi.

– Bu yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, albatta. Unda xitoylik mutaxassislar, xorijdan keltirilgan zamonaviy texnikalar va qo‘shimcha ishchi kuchining jalb etilgani samarasidir, – deydi “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati direktori Hamza Abdullayev. – Buning natijasi o‘laroq, tog‘-kon lahmlardan o‘tish ishlari bo‘yicha belgilangan reja 6120 pogonometr bo‘lib, amalda bu ko‘rsatkich 5140 pogonometrga yetkazildi. Bu rejaga nisbatan 84 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida 2404,5 pogonometr bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 213,8 foizni tashkil qildi. Bundan tashqari, modernizasiya qilinadigan yer osti konlarining umumiy uzunligi 12 kilometr bo‘lib, u yerning 600 metrida ishchi-xodimlar mehnat qiladi.

Joriy 2021 yilda ham “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Biznes-reja” bo‘yicha ishlab chiqarishga oid dasturini tuzib, bugungi kunda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni allaqachon boshlab yuborishgan. Bunda asosan mazkur ishlab chiqarish dasturiga ko‘ra, “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 2021 yilda 332 ming tonna ko‘mir mahsulotini qazib chiqarish uchun ko‘mirning ustki qatlamlarini ochish ishlari 780 ming metr kub, yer osti lahm o‘tish ishlari 3700 pogonometrga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish