Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

08:57:29 (GMT +5), payshanba, 25 aprel 2024

Tojikiston bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Joriy yilning 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamda Tojikiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Saidmurodzoda Shoista o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi. Xususan, avtomobil transportida xalkaro tashuvlar va temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Uchrashuv doirasida ikki mamlakat temir yo‘l ma’muriyati rahbarlari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov hamda «Roxi oxani Tochikiston» DUK boshlig‘i K.Mirzoali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tegishli bayonnomani imzolashdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish