Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:21:02 (GMT +5), dushanba, 27 Мая 2024

Bayram tabrigi


Qadrli va aziz hamkasblar!

Ko‘klam nafasi ko‘ngillarimizga beg‘ubor his-tuyg‘ular, ezguliklar uyg‘otayotgan ushbu qutlug‘ kunlarda barchangizni yangilanish va yasharish ayyomi, mehr-oqibat, ezgulik, yaratuvchanlik va go‘zallik ramzi, milliy qadriyatimiz timsoli bo‘lgan Navro‘zi olam bilan chin qalbimizdan, samimiy tabriklaymiz!

Ushbu bayram mazmuni xalqimizning bunyodkorlik, bag‘rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida namoyon etishi bilan, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar bilan hamohangdir.

Tabiatning beqiyos go‘zalligini, ona zaminimizning saxovatini namoyon etadigan Navro‘z tinchlik, omonlik, ahillik bayrami sifatida ham xalqimizning sevimli ayyomiga aylangan. Hayotning ana shunday ezguliklariga undaydigan, har birimizni tabarruk zaminimizni sevishga, oqibatni, mehnatni qadrlashga, ko‘klam mo‘jizalaridan bahra olishga o‘rgatadigan Navro‘z shukuhi barchangizga muborak bo‘lsin!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-hotirjamlik, Vatanimiz ravnaqi, temir yo‘l sohasining yanada taraqqiy etishi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda g‘ayrat-shijoat, kuch-quvvat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Buyuk va muqaddas Vatanimiz – jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

X.Xasilov,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik 
jamiyati boshqaruv raisi v.b.

Q.Sabirov,
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport 
quruvchilari kasaba uyushmasi 
Respublika Kengashi raisi

                                               


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish