Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

21:25:44 (GMT +5), seshanba, 23 aprel 2024

Pokiston bilan transport sohasida hamkorlikni kengaytirish

2021 yilning 13-17 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Pokiston portlari infratuzilmasini o‘rganish va ikki tomonlama muzokaralarni tashkil etish maqsadida Pokiston Islom Respublikasiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Pokiston Dengiz ishlari vazirligi rahbariyati, Pokiston Milliy kemachilik korporatsiyasi, Yuk tashish kompaniyalari assotsiatsiyasi va logistika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi, shuningdek, “Qosim”, “Karachi” va “Gvadar” portlarning infratuzilmasi va texnologiyasi bilan tanishildi.

Pokiston portlaridan foydalangan holda O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston yo‘nalishidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Pokiston Dengiz ishlari vazirligi o‘rtasida bayonnoma imzolandi.


Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish