Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

18:04:15 (GMT +5), dushanba, 6 dekabr 2021

Toshkent yer usti xalqa metrosining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishining 4-bekatida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot

Bugungi kunda “Do‘stlik-2” – “Qo‘yliq” yo‘nalishi bekatlarida kabel uchun o‘tkazish ko‘prigi (кабельный мостик) qurish ishlari loyiha hujjatlariga asosan qurilishning II-bosqichida amalga oshirish rejalashtirilgan. Elektr kabellarini estakada ostki qismidan o‘tkazish inshootlari qurilishi loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan va ijobiy xulosa olingan. Bugungi kunda bekatlarda kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan “o‘pirilish” metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24 fevral kuni tungi soat 00:00dan keyin, ya’ni metro poyezdlari harakati to‘xtatilgandan so‘ng, kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan. Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish me’yor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan xavfsizlik qoidalariga rioya etiladi. Kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘ldagi chiqindilar tozalangan.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish