Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

13:57:23 (GMT +5), chorshanba, 17 avgust 2022

YTH: Temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish va polat izlarida piyodalar harakati qoidalarining navbatdagi buzilishlari haqida

Shu kunlarda, yuk poyezdi urib yuborgan 14 yoshli qiz ishtirokidagi baxtsiz hodisa keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Hozirda ushbu qiz to‘rtinchi darajadagi koma holatida.

Ma’lumki, ushbu hodisa “Toshkent-tovarniy” va “Xamza” temir yo‘l stansiyalar peregonida sodir bo‘ldi. Kuni kecha yana bir baxtsiz hodisa yuz berdi. Unda, “Yalangach” va “Salar” stansiyalarning oralig‘ida o‘z joniga qasd qilishga harakat qilgan qiz o‘zini poyezd ostiga tashladi. Ayni paytda u shifoxonada. Tergov organlari tomonidan yuqoridagi holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirda yana boshqa sodir bo‘lgan voqea yuzasidan mutasaddilar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ya‘ni, joriy yilning 8 fevral kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida, tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan birida teplovoz va "Cobalt" rusumli avtomashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijasida hech kim jabrlanmadi va hozirda yuz bergan hodisa tafsilotlari Toshkent shahar YHXB IIBB tomonidan o‘rganilmoqda.
 
Bunday holatlarning takrorlanishini hisobga olgan holda, shuni ma’lum qilamizki, tegishli tarkibiy tuzilmalar, tashkilotlar va joylardagi mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda temir yo‘l yaqinida istiqomat qiluvchi aholi va transport vositalari egalari bilan temir yo‘lda xavfsizlikka rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Profilaktik suhbatlar, qator uchrashuvlar, mavzu doirasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ayniqsa, bu borada maktab o‘quvchilari va o‘smirlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yana bir bor eslatib o‘tmoqchimizki, barcha yo‘l harakati ishtirokchilari temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish va polat izlarida piyodalar harakati qoidalarining talablariga birdek rioya etishlari shart! Barchadan alohida e’tibor va o‘ta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Jumladan, piyodalarning temir yo‘lni kesib o‘tishlari uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joylar, piyodalar ko‘priklari va maxsus o‘tish yo‘lak mavjud. Avtotransport vositalarida harakatlanayotgan haydovchilar tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini buzmasliklari shart!

DIQQAT! Temir yo‘lda poyezd har doim birinchi harakatlanish imtiyoziga ega! Poyezd mashinisti faqat bitta temir yo‘l izi bo‘ylab harakat qiladi 
va u tanlash imkoniyatiga ega emas! Mashinistning tezkor tormoz bosishi ham poyezdni darhol to'xtatish imkonini bo'lmaydi. 
Qolgan yo‘l harakati ishtirokchilarida esa har doim kutib turish imkoniyati bor. 

ILTIMOS!  Agar siz poyezd yaqinlashayotganini ko‘rsangiz – hech qachon SHOSHILMANG! 

HURMATLI FUQAROLAR! Temir yo‘l xavfli hudud ekanligini UNUTMANG! 

VOYAGA YETMAGAN BOLALARINING OTA-ONALAR DIQQATIGA! 

Farzandlaringizni, jumladan, o‘spirinlarni NAZORAT qiling, larga temir yo‘llardan o‘tishda juda ehtiyot bo‘lishlarini 
va barcha xavfsizlik talab va qoidalariga rioya qilishi kerakligini qayta-qayta ESLATING!

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish