×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:47:48 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Qarshi – Termiz temir yo'li elektrlashtirildi

Qarshi – Termiz temir yo'l yo'nalishida elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetdi. Umumiy uzunligi 325 kilometrdan iborat mazkur liniyada endilikda dizel` yoqilg'isi bilan xarakatlanuvchi teplovozlar o'rniga zamonaviy elektrovozlar xarakatlanadi.

Joriy yilning 9 yanvar` kuni Qarshi – Termiz elektrlashtirilgan temir yo'lining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Shu kuni Qarshi shaxridan yo'lga chiqqan elektropoezd Termiz vokzaliga kirib bordi.

Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2012 yil 21 fevral`dagi PQ-1712 Qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Qarshi-Termiz temir yo'lini elektrlashtirish  teplovozlarni zamonaviy elektrovozlarga almashtirish, yuk va aholini tashish harajatlarini kamaytirish, harakat tezligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini yaratadi.

Loyihaning umumiy qiymati 327,6 ming AQSH dollarni tashkil qiladi. Uning doirasida 6ta - Toshguzar, Dexqonobod, Oqrabot, Boysun, Qumqurg'on, №165-raz'ezd tayanch nimstantsiyalari qurildi. Shuningdek, qurilish va kontakt simlariga xizmat ko'rsatish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Termiz lokomotiv deposi rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy uskunalar bilan ta'minlandi.


Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish