×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:45:27 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

Mehnat muhofazasiga har kuni, har daqiqa rioya qilishimiz zarur

28 aprel – Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni. Shu munosabat “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Rahmonxo‘ja Asomxo‘jayev so‘nggi yillarda temir yo‘l tizimida mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligini hamda baxtsiz hodisalarni oldini olish borasida qanday sa’y-harakatlar olib borilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Har bir korxonada xodimni ishga qabul qilishdan oldin, “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 24-bandida har bir xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishining majburiyligi belgilab qo‘yilgan. Shunga asosan uni sinchkovlik bilan savol-javobdan o‘tkazib, ushbu mutaxassisni olinayotgan lavozimga loyiqligi, ya’ni shu muhitda ishlashga qodirligi, sog‘lomligi, bilim, ko‘nikma va malakasining yetarliligi, qanday ishlarni bajarishidan xabardorligi, shuningdek, tajribasiga e’tibor qaratish shart va zarurligi aytib o‘tildi. 

Har bir xodim bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi talab etiladi. Shu bilan birga har bir ishlab chiqarish korxonalarining boshliqlari, o‘rta bo‘g‘in rahbarlari hamda ishchi-xodimlarni ishga bo‘lgan mas’uliyatini, bilim darajasini oshirish bilan bir qatorda texnologik jarayonlar talablariga qat’iy rioya etish kerakligini ular ongiga  singdirish lozim bo‘ladi. 

Temir yo‘l tizimida ishchi-xodimlarning hayotini asrash, ularni muhofaza qilish borasida maxsus kiyim-bosh, maxsus poyazal hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash eng muhim vazifa sifatida tatbiq etib kelinmoqda.

   

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan  elektr toki ta’siri doirasiga tushib qolgan xodimni ogohlantiruvchi hamda uni bu kabi xavfli hududdan chiqib ketguniga qadar tok urishidan saqlab turuvchi maxsus kiyim-bosh, shuningdek, balandlikda ishlovchi xodimlar yiqilganda yumshoq tushuvchi maxsus kiyim ham olib kelinib, sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Yosh kadrlarni yoki yangi ishga qabul qilingan xodimlarning bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda  mas’uliyatini oshirish uchun ularni tajribali mutaxassislarga biriktirib, malakasi oshirilmoqda. 

Shu bilan bir qatorda respublika bo‘ylab, har bir korxona kesimida kichik o‘quv poligonlari tashkil etilmoqda. Bu o‘quv jarayonida yosh kadrlarni bilim darajasini imtihondan o‘tkazish hamda amaliyot sinovlarini topshirishlari uchun  ushbu o‘quv poligonlaridan foydalangan holda ularning ish faoliyatidan kelib chiqib, nazariy va amaliy jihatdan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

   

O‘quv-texnik mashg‘ulotlarining tez-tez o‘tkazilayotgani hamda bu borada yillik ishlab chiqilgan puxta dastur va rejalarning tuzib chiqilgani hamda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni ishchi-xodimlar bilan tahlil etib borilishi o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Shu bilan birga 2020 yildan boshlab, rivojlangan xalqaro davlatlar bilan hamkorlikda telegram kanallari ochilgan bo‘lib,  u yerda temir yo‘l tizimida sodir bo‘lgan barcha baxtsiz hodisalarning videolari joylashtirib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quv mashg‘ulotlari davomida yosh kadrlarga ko‘rsatilib, bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatilmoqda. Jumladan, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligiga oid banner hamda ko‘rgazma qurollari tayyorlanib har bir korxonalarga tarqatib berilmoqda.
  
Umuman olganda ishga kelgan har bir ishchi-xodimning xavfsizligiga rahbariyat javobgar hisoblanadi. Shunday ekan barchamiz ishga mas’uliyat bilan yondashishimiz lozim.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish