Asossiz xabar tarqatishdan o‘zingizni tiying!

  • 27.04.2021
  • 2140

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi №681 sonli yo‘lovchi poyezdida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari, aptechka, tibbiy bilimga ega biror shaxs yo‘qligi bois, bir keksa ayolning tobi qochib vafot etganligi haqida tarqatilgan asossiz xabarga izoh.

Joriy yilning 25 aprel kuni №681 sonli Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdning 17chi vagoni 30 o‘rindig‘iga Sariosiyo bekatidan Toshkent shahriga 15.09.1961 yilda tavvalud topgan yo‘lovchi B.G. o‘zining qizi va o‘g‘li bilan birgalikda yo‘lga chiqqan. Yo‘lovchi B.G. vagonga chiqayotgan vaqtida ahvoli og‘ir ekanligi inobatga olinib, vagon kuzatuvchilari Salimov Kozim,  Ilhomov Qodirlar tomonidan yo‘lovchiga amaliy yordam berilgan va har bir temir yo‘l bekatlarida tibbiyot xodimlari vagonga chaqirtirilgan. Yo‘l safari davomida B.G.ning ahvoli keskin ravishda og‘irlashib, Denov, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband vokzallaridan tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qumqo‘rg‘on tibbiyot punkti navbatchisi Mengnarov Abdivohid kech soat 18:20larda Sariosiyo – Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17 vagonidagi bemor B.G.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtida bemorning qizi onasi B.G.ni jigar serrozi kasalligi bilan og‘riganligini aytadi. U bu haqida o‘zining tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Darband vokzali hamshirasi Normamatova Nargiza Termiz – Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17 vagonida bemor ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida, bemorning farzandlariga bemorni yo‘lovchi poyezdidan tushirib olib qolishni aytganligiga qaramay, bemorning o‘g‘li onasini poyezddan tushib qolishga rozi bo‘lmagan. Bemorning o‘g‘li buni o‘z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Temir yo‘l bekatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan mazkur poyezd Oqrabot temir yo‘l bekatiga yaqinlashayotganida tobi qochgan bemor yo‘lovchi  olamdan o‘tgan. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur taziya bildiradi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJga qarashli barcha poyezdlarda tibbiyot qutilari(aptechkalar), birinchi yordam  ko‘rsatish uchun dori-darmonlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari har bir stansiyada tibbiyot xonalari mavjud, ularda kechayu kundiz tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi. Shuningdek, ayni kunda yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik yo‘lga tayyorlash korxonasida 100ga yaqin tibbiyot qutilari zahirada saqlanadi. Ular dori vositalari bilan to‘ldirilib, foydalanish muddati doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
Shu bois fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz. 

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI