Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

13:55:57 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida baxorgi-yozgi ko‘rik davom etmoqda

Shu kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli stansiya hamda korxonalarda bahorgi va yozgi ko‘rik o‘tkazilmoqda.


Ta’kidlash lozimki, mazkur ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalarining 8-bob 132 bandiga asosan “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli korxonalar va stansiyalarda harakat xavfsizligi talablari va tashish texnologik jarayonining bajarilishi, xo‘jaliklarning ahvoli, mehnat muhofazasi va intizomi, texnik vositalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini o‘rganish, poyezdlar harakatini tashkil qilishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash yuzasidan monitoring o‘tkazish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritish maqsadida tashkil qilindi. 

Mazkur ko‘rikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Akmal Kamalov hamda “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘i Alijon Ergashev boshchiligidagi komissiya a’zolari uzel tasarrufidagi hududda joylashgan korxonalarda  bahorgi va yozgi mavsumga ko‘rilgan tayyorgarlik, shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Komissiya a’zolari dastlab “Gʻallaorol”, “Marjonbuloq”, “Bulung‘ur”, “Zarafshon”, “Maroqand”, “Tinchlik”, “Uchquduq” stansiyalaridagi sharoitlar bilan tanishib, bahorgi va yozgi mavsumga tayyorgarligi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Ko‘rik davomida hududlardagi rahbar va mutaxassislarga, ayniqsa, stansiya boshliqlariga, uchastka yo‘llari rahbarlariga avvalo, harakat xavfsizligini ta’minlash, stansiyalarda mijozlar uchun har tomonlama qulay sharoitlarni yanada yaxshilash orqali yuk tashish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar yuklatildi.

Mavsumiy ko‘rik davomida Akmal Kamalov stansiya boshliqlari hamda mutaxassislar bilan birma-bir suhbatlashib, ularni amaliy va nazariy bilimlari bilan qiziqdi. Yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy texnikalarning joriy etilayotgani qay darajada samara berayotganini ko‘zdan kechirdi. Rahbarlarga hamda mutaxassislarga o‘z ustida ko‘proq ishlab, bilim va tajribasini ham amaliy, ham nazariy jihatdan oshirish zarurligini ta’kidladi. Har bir imkoniyatdan unumli foydalanib, yuk tashish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga ko‘rsatma berdi.

Ma’lumki, “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘idagi eng katta uzellaridan biri bo‘lib, uchastka yo‘llarida yuk va yo‘lovchi poyezdlar eng serqatnov hududlaridan. Qolaversa, uzel tasarrufida 68ta stansiya va raz’yezdlar mavjud. Ularda tashilayotgan yuklar tarmoqda tashilayotgan yuk hajmining katta qismiga to‘g‘ri keladi. Shu bois mazkur liniyada harakat xavfsizligini hamda stansiyalarda yuk tashish ko‘rsatkichini barqaror ta’minlash uchun mutaxassislardan katta mas’uliyat talab etiladi. Jamiyat rahbariyati tomonidan yilning to‘rt mavsumi davomida o‘tkaziladigan an’anaviy ko‘rik esa uzelga qarashli temir yo‘llar va stansiyalar faoliyatini muntazam nazorat qilishga va harakat xavfsizligini ta’minlashga hamda  ko‘rsatkichlarning yanada yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish