Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:04:17 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Shahrixon aholisi "Alvasti" ko'prigidan qutildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli "Ko‘prikqurilish" tresti unitar korxonasi tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi «Qo‘rg‘oncha» mahallasida o‘nlab yillar davomida yechimi topilmagan muammo bir oy davomida hal etildi. Ya’ni, bu yerdan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanali ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik qad rostladi. 

Mahalliy aholi tomonidan ushbu ko‘prikka "Alvasti ko‘prigi" nomi berilgan chunki atiga bir oy oldin ham hatto undan qanday o‘tishni o‘ylashning o‘zi odamni larzaga solardi. Ilgarigi eski ko‘prikdan faqat piyodalar foydalanishardi va ushbu ko‘prik xavfsizlik talablariga umuman javob bermasdi. Yurtboshimizning tashabbusi bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yangi qurilgan ko‘prik nafaqat piyodalar uchun, balki mahalliy aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun ham sharoit yaratildi. Mazkur inshoot 50-60 tonnagacha bo‘lgan yukni bemalol ko‘tara olish imkoniyatiga ega.

– Bir mahalladan ikkinchi mahallaga ancha yo‘l bosib o‘tishga to‘g‘ri kelardi, – deydi «Qo‘rg‘oncha» MFY raisi Azizaxon Rahimova. – Uzog‘imiz ancha yaqin bo‘ldi! Quruvchilar sa’y-harakati bilan yangi ko‘prik qurilganidan, mahallamiz ahli, qolaversa Bo‘ston va Oltinko‘l tumanlari bilan shundoqqina qo‘shni bo‘lganimiz bois uchchala tuman aholisi ham g‘oyat xursand! 

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, eni 7 metr, uzunligi 32 metrdan iborat ushbu temir-beton ko‘prigi 60-70 yil davomida  xalqqa muammosiz xizmat qiladi.

– 2020-2021 yillarda Farg‘ona vodiysida  zamonaviy talablariga mos keladigan 2ta avtomobil yo‘li ko‘priklari va bir nechta temir yo‘l ko‘priklarni qurib, foydalanishga topshirdik, – deydi  "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli "Ko‘prikqurilish" tresti UKning 2-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Zohidjon Mirzayev. – Ishchilarimiz to‘plagan boy tajriba tufayli respublikamizdagi eng yirik qurilish ob’yektlarida ham faoliyat ko‘rsatmoqdamiz.

Mazkur tadbir chindan ham haqiqiy bayramga aylanib ketti. Yaqin atrofdagi mahallalar aholisi katta to‘kin-sochin dasturxon bezatib, to‘yona osh pishirib, tantanali ziyofat uyushtirdilar. Oqsoqollar ushbu qurilishda ishtirok etganlarni duo qilishdan to‘xtashmadi va ochilish marosimida ishtirok etgan har bir fuqoro hursandchiliklari yuzlaridan yaqqol ko‘rinib turardi.

    

Darhaqiqat, temiryo‘lchi-quruvchilar tomonidan yurtimiz bo‘ylab piyodalar va avtomobillar uchun xar tomonlama qulay va mustahkam ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, boshqa qator sun’iy inshootlar aholi farovonligi yo‘lida xizmat qilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish