Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

00:05:27 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Ichki tartib qoidalariga rioya qilish doimiy e’tibor!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan doimiy ravishda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish borasida talaygina ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari yo‘l davomida vagon kuzatuvchilarining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari ham nazorat qilib boriladi. 

Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, ba’zi holatlarda vagon kuzatuvchilari tomonidan xizmat vazifasini suiste’mol qilib, yo‘lovchilardan pul so‘rash holatlari uchrab turibdi. 

Toshkent-Shovot poyezdi vagon kuzatuvchisi haqidagi  maqolada bildirilgan fikrlar bo‘yicha "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o‘rganib chiqildi hamda tegishli ishchi-xodimlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi. "Ichki mehnat tartib Qoidalari" talablarini buzganliklari uchun poyezd boshlig‘i hamda tegishli xodimlarga nisbatan mehnat Kodeksining tegishli moddalariga asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Vagon kuzatuvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli moddalariga asosan bekor qilindi. 

Ayni kunda xizmat tekshiruvi davom etmoqda, shuningdek, vagon kuzatuvchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati mana shunday holatga e’tibor qaratgan OAV xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda bundan keyin ham chipta xarid qilish, poyezdga chiqish, yoki yo‘l davomida vagon kuzatuvchisi va boshqa mutaxassislar tomonidan noqonuniy hatti harakatlar kuzatilsa, jamiyatning ishonch raqami (71 299 94 50 )ga qo‘ng‘iroq qilishlarini, yoki yozma ravishda yuborishlarini so‘rab qolamiz.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish