Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

23:28:44 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

“Anhor Fly”: Adrenalinni yuqori tezlikda his etish

Navro‘z bayrami munosabati bilan “Anhor Lokomotiv” oilaviy dam olish va ko‘ngilochar bog‘i poytaxt aholisi va uning mehmonlariga uzoq kutilgan sovg‘a – yangi “Anhor Fly” ekstremal attraksionini taqdim etdi. 

Uzoq vaqt davom etgan yomg‘ingarchilikdan kunlaridan so‘ng Navro‘z bayrami quyoshli kunga to‘g‘ri kelgani quvonarli albatta. Bayram poytaxtdagi “Anhor Lokomotiv” bog‘ida katta ishtiyoq, rang-barang dastur va xalq sayillari bilan keng miqyosda bo‘lib o‘tdi. Ko‘ngilochar dasturlar orasida, tashrif buyuruvchilar uchun eng qiziqarlisi “roller coaster” nomi bilan mashhur bo‘lgan attraksion bo‘ldi. 

Bog‘ning ochilishi bilanoq attraksionda uchishni istagan ko‘plab odamlar va qiziquvchan tomoshabinlar uning atrofida yig‘ilishdi. Attraksionda birinchilardan bo‘lib, mamlakatimizning mashhur bloggerlar va tiktokerlar bo‘lishdi. Ular so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan ajoyib his-tuyg‘ularni his etishdi. 

Yangi attraksion g‘aroyib kuch-quvvatga ega bo‘lib, jami 24 o‘rindiq bor. Yo‘lovchilar unda 4 marotaba aylanib, 500 metr uzunlikdagi masofani 200 km/s tezlikda harakatlanuvchi vagonlarda aylanishadi. Trassadagi harakat juda yuqori darajada. Dastlab yo‘lovchilar asta-sekin yuqoriga ko‘tarilishadi va yo‘lning eng baland nuqtasiga yetib borgach, ular kutilmagan burilishlar va aylanishlarda tezlik bilan harakatlana boshlaydilar. Yo‘lovchilarning fikriga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanish odamga zavqlanish bilan birga yuqori tezlikni his qilish imkonini berib, qo‘rquv kuchini yengishga yordam beradi.

 Eslatma! ushbu turdagi attraksionda uchishni istaganlar uchun belgilangan cheklovlar mavjud, ya'ni 14 yoshgacha va bo‘yi 120 sm dan past bo‘lgan bolalarga, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi va tayanch-harakat tizimi kasalliklari bilan kasallangan odamlar, xomilador ayollar va boshqalarga unda uchishga ruxsat berilmaydi.

 “Anhor Fly” chiptasining narxi hozirda 50 000 so‘mni tashkil qiladi.

 “Anhor Lokomotiv” bog‘i har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha ishlaydi. 

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish