Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

01:16:46 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

“Qarshi-Kitob” temir yo'l liniyasida elektropoezdlar texnik sinovi boshlandi

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan boshlangan Qarshi-Kitob temir yo'l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to'liq nihoyasiga yetkazildi. 


“O'zbekiston temir yo'llari” akiyadorlik jamiyatining tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat bo'lgan mazkur loyihani qisqa fursatda sifatli qilib amalga oshirdilar. Ushbu yo'nalishda vokzallar yangidan qurilib, stantsiyalar rekonstruktsiya qilindi. 2 ta ko'prik, 20 ga yaqin sun'iy inshoot bunyod etildi. Mavjud temir yo'llar  modernizatsiya qilinib, atrofini panjara bilan o'rash ishlari amalga oshirildi.  

Bunday bunyodkorlik ishlariga 100 ga yaqin zamonaviy texnika, 300 nafardan ziyod tajribali mutaxassislar jalb qilindi. E'tiborli jihati shundaki, soha energetiklari tomonidan loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 km masofaga temir beton ustunlari o'rnatish, ularga konsollar ilish, kontakt simlari tortish kabi barcha ishlar to'liq yakunlandi. Bundan tashqari o'tgan vaqt mobaynida 1 ta nim tortish stantsiyasi ham qurib ishga tushirildi. 
Bugun mutaxassislar Qarshi-Kitob yo'nalishida ilk bor elektrovoz hamda Afrosiyob zamonaviy elektropoezdini harakatlantirib texnik sinovlarni boshlab yubordilar. Mustaqilligimizning 27 yilligi shodiyonasi arafasida  ushbu loyiha mamlakatimiz aholisi va mehmonlariga munosib sovg'a bo'ladi.

Axborot xizmati



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish