Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:04:13 (GMT +5), payshanba, 18 aprel 2024

Ơzbekiston temiryo'lchilari kasb bayramini nishonladilar...

        3 avgust kuni “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy temiryơlchilar madaniyat saroyida soha xodimlarining kasb bayramiga bag'ishlangan tadbir bơlib ơtdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, soha xodimlari hamda yoshlar ishtirok e'tdi.

     Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga bayram tabrigini Ơzbekis­ton Respublikasi Bosh vazirining birinchi ơrinbosari, “Ơzbekiston temir yơllari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Ramatov ơqib e'shittirdi.



      Bugungi kunda mamlakatimizda temir yơl tizimida rơy berayotgan tub ơzgarishlar, keng kơlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu yangilanishlar temir yơl tarmog'ini zamonaviy mezonlarga javob beradigan darajaga kơtarish, soha rivojiga munosib hissa qơshish, uning samaradorligini oshirish yơlida beqiyos imkoniyatlar yaratayotgani alohida ta'kidlandi.

        Vatanimiz mustaqillikka e'rishgan kundan boshlab ơtgan tarixan qisqa muddatda yurtimiz ulkan, asrlarga qiyoslasa arziydigan taraqqiyot yơlini bosib ơtganligi, ơtgan davrda temir yơl sohasi ơziga xos ơrin e'gallab, yurt ravnaqiga munosib hissa qơshib kelinayotgani e'tirof e'tildi.

     Xususan, joriy yilda yangi temir yơllar barpo e'tish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yơlovchilarga kơrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bơyicha bir qator istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 325 kilometr bơlgan “Qarshi – Termiz” temir yơl liniyasi tơliq elektrlashtirilib, Toshkentdan Termizgacha elektropoezdlar qatnovi yơlga qơyildi. Kơhna Surxon vohasida dizel yoqilg'isi bilan harakatlanuvchi teplovozlar ơrnini endilikda zamonaviy, yuqori quvvatga ga elektrovozlar egalladi. Hozirgi kunda “Pop – Namangan – Andijon” va “Qarshi – Kitob” liniyalarida  elektrlashtirish ishlari jadal ravishda davom e'ttirilmoqda. Eng muhimi, Toshkent shahrida yer osti va yer usti metro qurilishi ishlari ham ushbu tuzilma tomonidan amalga oshirilmoqda.

       Davlatimiz rahbari farmoniga binoan, soha rivojiga munosib hissa qơshayotgan bir guruh xodimlarga Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari tantanali topshirildi. Shuningdek, “Ơzbekiston temir yơllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uzoq yillar mobaynida tizimda samarali mehnat qilayotgan mutaxassislar sohada ta'sis e'tilgan “Faxriy temiryơlchi” kơkrak nishoni bilan taqdirlandi.

          Bayram tadbirida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxơjaev sơzga chiqib, soha xodimlarini bayram bilan tabrik­ladi.
        Mukofotlangan xodimlar munosib rag'bat va amaliy g'amxơrliklar uchun minnatdorlik bildirdi. 


      Bayram tadbirida e'l suygan san'atkorlar va Markaziy temiryơlchilar madaniyat saroyi havaskorlik tơgaraklari qatnashchilari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish e'tildi.


Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish