Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:34:25 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Xalqaro kelishuvlar – kelajak poydevori

 

   Joriy yilning 19 sentyabrdan boshlab “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati ikkita yirik anjumanga mezbonlik qilmoqda. Birinchisi, Mustaqil davlatlar xamdo’stligiga a’zo davlatlarning temir yo’l transporti ma’muriyatlarining vakolatli vakillarining trafaret jadvallari almashinuvi va yo’lovchi poezdlar tarkiblari sxemalarini shakllantirish bo’yicha navbatdagi yig’ilishidir. Uch kun davom etadigan xalqaro anjumanda jami 10 ga yaqin davlatlardan delegatlar ishtirok etishmoqda. 

   Tadbirda “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri – bosh muxandisi X.Xasilov qatnashdi va nutq so’zladi. Xalqaro  anjuman doirasida barcha temir yo’l kompaniyalari yo’lovchi poezdlar qatnovini yanada shakllantirish, yangi yo’nalishlarni ochish, yo’lovchilar oqimini oshirish bo’yicha kelishuvga erishishadi. Mazkur jarayon har yili o’tkazilib, kelishuv bayoni asosida xalqaro qatnovlar amalga oshiriladi. Jumladan, “O’ztemiryo’lyo’lovchi” aksiyadorlik jamiyati amaldagi 9 ta halqaro yo’nalish trafaretini taqdim etadi va shu bo’yicha hamkorlik olib boradi. 

   Shu kuni temir yo’l xamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning halqaro temir yo’l tashuvlarida yuk vagonlaridan foydalanish qoidalari bo’yicha kelishuvi doirasidagi yig’ilish ham o’tkazildi. Unda Litva, Rossiya, Qozog’iston, Vengriya, Polsha, Tojikiston, Ukraina, Estoniya va o’zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy mavzusi  yuk tashishda vagonlardan foydalanish, vagonlarga texnik xizmat ko’rsatishdir. Uch kun davomida mutaxassislar ushbu masalalar muzokaralar olib borishadi. Xalqaro anjuman so’nggida tegishli xujjatlar imzolanadi.


Axborot xizmati 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish