Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

20:37:21 (GMT +5), seshanba, 23 aprel 2024

Metroning “Buyuk ipak yo‘li” bekatida poyezdning yo‘lda signal chalib turgan holatiga izoh

2021 yil 6 may kuni ijtimoiy tarmoqlarida harakat tarkibining “Buyuk ipak yo‘li” bekatida yo‘lda signal berib turgan poyezdning video tasvir tarqatildi. Ushbu jarayon poyezd manyovr ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda fuqarolar tomonidan tasvirga olingan. Ushbu manyovr harakati ya’ni, bir yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishga harakat tarkibini o‘tishida doimiy ravishda amalga oshiriladi. 
 
Shu sababli, hurmatli hamshaharlar shu kabi video lavhalarni tasvirga olib, noto‘g‘ri izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdan avval, metropoliten xodimlaridan so‘rab aniqlik kiritib olishingiz tavsiya etiladi.

Shu bilan bir qatorda, yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi metropoliten korxonasini bila turib ijtimoiy tarmoqlar orqali obro‘sizlantirish maqsadida, asoslanmagan yolg‘on xabarlar, foto va videolavhalar, uydirmalarni tarqatish, shuningdek nashr qilish yoki boshqa usulda tarqatilgan (telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida) hamda g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlikni qasddan sodir qilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

"Toshkent metropoliteni" UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish