Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

08:47:06 (GMT +5), shanba, 4 dekabr 2021

Shaharlararo elektropoyezdlar harakatlanishda renovatsiya jarayoni

Shaharlararo transportni shahar transport tizimi bilan integratsiyalashtirgan holda Toshkent transport uzelida transport harakatini yaxshilash maqsadida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan yaqin kelajakda yangi harakat tarkib (elektrichka)larni sotib olish va shaharlararo transportida yo‘lovchilar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda, Xitoy, Janubiy Koreya, Belorussiya va Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan bu turdagi harakat tarkiblarning texnik xususiyatlari va narx siyosati batafsil o‘rganib chiqilmoqda. 

Ta'kidlash joizki, turistik salohiyatni yanada rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarga sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari qatorida Toshkent viloyatining noyob tabiiy hududlariga transport aloqalarini tashkil etish va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol tariqasida, Bo‘stonliq tumanida joylashgan Toshkentdan Xojikentgacha mavjud yo‘nalishdagi elektropoyezdlar qatnoviga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Ma'lumki, buning sababi Bo‘stonliq tumanida shahar chetida joylashgan dam olish manzil (dacha)lar jiylashgani, son-sanoqsiz dam olish maskanlari va sanatoriylarning mavjudligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kunlik yo‘lovchilar tashish hajmi qariyib 2000 kishini tashkil qiladi. Xar haftaning dam olish kunlari ushbu yo‘nalishdagi elektropoyezdlarning qatnashi juda qulayligini yo‘lovchilarning o‘zlari alohida ta'kidlashmoqda. 

Jumladan, poytaxt aholisi va mehmonlari hordiq chiqarish maqsadida mazkur hududda o‘tkazishni afzal ko‘rishadi. Shu munosabat bilan ushbu yo‘nalishdagi avtomobil yo‘lida ko‘p kilometrlik tirbandliklar vujudga kelib, qimmatli vaqtni sarf qilishga to‘g’ri kelmoqda. Bunday sharoitda esa, elektropoyezd (elektrichka) narx jihatidan ham, kam vaqt sarflanishi bilan ham haqiqatdan qulay transport vositasi hisoblanadi. Yuqoridagi hisobga olgan holda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mazkur yo‘nalish uchun yana 4ta yangi tezyurar elektropoyezdlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu esa, o‘z navbatda Toshkentdan Xojikentgacha harakatlanish vaqtini 2 soat 15 daqiqadan bir soatgacha qisqartirishga, avtomobil yo‘llaridagi tirbandlikni kamaytirishga, kunlik yo‘lovchilar tashish hajmini 2000 dan 12000 gacha oshirishga va temir yo‘l shaharlararo transport tizimining rivojlanishiga olib boradi.

   

Ushbu jarayondagi rivojlanish tezligiga mos keladigan harakatni tashkil etish uchun hozirgi vaqtda Toshkent – Xodjikent yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalari ham jadal suratlar bilan modernizatsiya qilinmoqda, kapital ta'mirlanmoqda. Bu yo‘sinda mavjud harakat tarkib (elekrichka)lar ham modernizatsiya qilinmoqda. Masalan, hozirda Toshkent va Bekobod o‘rtasida harakatlanayotgan elektropoyezdda yumshoq o‘rindiqlar o‘rnatilgan, yuk saqlash joylari kengaytirilgan.
 
Ma'lumki, o‘tgan yilning yozidan Farg'ona vodiysidagi elektrlashtirilgan halqa temir yo‘li Namangan – Andijon – Marg‘ilon – Qo‘qon yo‘nalishida elektropoyezdlar harakatlana boshladi. Ushbu mintaqa mamlakatimizda aholi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi va bu yerda kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 8200 kishini tashkil qilmoqda. Yangi harakat tarkiblar sotib olinishai bilanoq, Andijondan Xonobodga ham elektropoyez harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu yerlar ham turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan noyob tabiiy hudud hisoblanadi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish