Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

02:43:33 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Temir yo‘lda harakat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha profilaktika choralari davom etmoqda

“Toshkent MTU” UK tasarrufidagi “O‘rta-Ovul” stansiyasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani markazidagi muhtasham Madaniyat va San’at saroyida “Diqqat yuqori tezlikdagi poyezd” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 


Zangiota tumani xokimligi mezbonligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda “O‘rta-Ovul” stansiyasi jamoasi, O‘ztemiryo‘lnazorat inspeksiyasi vakili, O‘zbekiston Respublikasi transport IIBB xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda Toshkent viloyatining temiryo‘l transporti hududi yaqinida istiqomat qiluvchi aholi va o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirga Toshkent viloyati xokimligi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi, Toshkent  viloyati Yoshlar  ittifoqi, Toshkent viloyati Yoshlar agentligi, Toshkent viloyati ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi, Toshkent viloyati XTB boshqarmasi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari ham taklif qilindi. 

Tadbirni “O‘rta-Ovul” stansiyasi navbatchisi, poyezdlar xarakati xavfsizligi katta jamoat inspektori F.M.Muxsinov ochib berdi. So‘zga chiqganlar temiryo‘l  transporti tizimidagi isloxotlar, temiryo‘l hududida sodir etilgan huquqbuzarlik va qoidabuzarliklar (poyezdlarga tosh otmaslik, temiryo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik, temiryo‘l hududidan o‘tayotganda vaxtincha uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik, hududni chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, vagonlar tagidan o‘tmaslik, vagonlar ustiga chiqmaslik va boshqa shu kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Targ‘ibot tadbiri savol-javoblarga boy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi va mutaxassislar yoshlar bergan savollariga atroflicha javob berishdi. 


Yoshlar tadbirda “Temir yo‘l hududida ogoh bo‘lgin o‘quvchi” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etilib, yoshlar qilgan ishlarini mutaxassislar e’tiboriga taqdim etishdi. Tadbir so‘ngida “Yo‘ling bexatar bo‘lsin Afrosiyob” nomli xujjatli film namoyish etildi. 

    

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2020 yil davomida huquqbuzarlik va qoidabuzarliklar bilan bo‘g‘liq 21 xolat aniqlangan, 2021 yil boshidan hozirgi vaqtgacha esa bunday xolatlar soni 2tani tashkil etmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, bunday tadbirlar temiryo‘l hududida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va qoidabuzarliklarni sonini kamaytirishga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish