Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:18:37 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

“Korxona malikasi – 2021” saralash bosqichi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2021 yil 1 martdagi 222-N sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UKda korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda yoshlar Kengashi tomonidan “Korxona malikasi – 2021” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda korxonaning 6 nafar eng iqtidorli yosh ishchi-xodimlari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Har bir shart natijalari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli boshqarib borildi. Bu esa ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan Yulduz Xolmurodova, Dilnoza Roziqova, Mohinur Xolmuhamedova, Yulduz Po‘latova, Maftuna Axmatova hamda Gulmira Jo‘rayevalar orasida raqobatni yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi. Birinchi shart – tanishuv sharti bo‘lib, unda har bir ishtirokchi tarjimali holi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Bu shartda hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilar 10 ballik ko‘rsatkich bilan baholandi.  Ikkinchi shartda esa ularning intellektual salohiyati, ya’ni savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Bunda har bir ishtirokchiga 5 tadan yozma savol yo‘llanib, 5 ballik ko‘rsatkich bilan baholandi. Uchinchi shart – karvin san’ati bo‘lib, unda qizlar pazandalik qobiliyatlarini ishga solib, turli meva va sabzavotlardan salatlar tayyorlashib, karving usulida bezatishdi. So‘nggi to‘rtinchi shart esa erkin mavzu bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlari bilan tayyorlab kelgan o‘zbek ayollariga hos milliy xunarlar, sport hamda ijodiy qobiliyatlari haqida sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. 

Ko‘rik-tanlov yakunida umumiy to‘plangan ballar natijasiga ko‘ra, korxonaning tayyor mahsulotlarni sotish bo‘limi xodimi Gulmira Jo‘rayeva eng yuqori ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati miqyosida o‘tkaziladigan Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.  
 
– “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasida 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda korxonada faoliyat olib boruvchi yosh ayol ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, kasbiy bilim va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Korxona malikasi – 2021” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi tashkil etildi, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha mutaxassisi Ra’no Raxmanova. – Qiziqarli va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan ko‘rik tanlovda g‘olib bir nafar bo‘lgan bo‘lsada, yana 5 nafar iqtidor egalarining tafakkuri va pazandalik qobiliyati yanada shakllandi. Chunki ushbu tanlovga ularning har biri jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgan. Ular o‘zlarining ilmiy salohiyatini, pazandalik qobiliyatlarini mahorat bilan namoyish etishdi.

Tanlov yakunida barcha ishtirokchilar korxona rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish