Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

14:24:58 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Chegaradan o‘tish punktlarida ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 fevraldagi PQ-2790-son va 2017 yil 24 maydagi PQ-2997-son qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlarini katta hajmdagi skaner qurilmalari bilan jihozlash loyihasi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorlikda ish olib borishdi. 

Qaror ijrosi doirasida katta hajmdagi yuklarni tez va sifatli ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining grant asosida taqdim etilgan yuk vagon va konteynerlarni skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmualari mamlakatimizning yettita temir yo‘l chegara-bojxona postlariga o‘rnatilmoqda.


Xuddi shunday  inspeksion-ko‘rik majmualaridan yana birini Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “O‘zbekiston” temir yo‘l chegara bojxona postiga  o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 1-15 mart kunlari davomida jami 6692 ta yuk vagon va konteynerlarini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Mazkur inspeksion-ko‘rik majmuasining afzal tomonlari quyidagicha:

–  Inson omilini kamaytiradi (yuk vagonlarining ichidagi yuklar to‘g‘risida oldindan ma’lumotga ega bo‘lib, bojxona xodimlari tomonidan yuk vagonlarining hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni va bojxona ko‘rigini sezilarli darajada tezlashadi);

– Davlatlararo punktidan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan yuk vagonlaridagi kontrabanda mahsulotlarining kirib kelishi va chiqib ketishini oldini oladi);

– “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida, ya’ni O‘zbekiston – Sariagach va Chuqursoy – Sariagach davlatlararo punkti yo‘nalishidagi yuk poyezdlarini o‘tkazish qobiliyatini, yuk va vagon aylanmasini yaxshilashga erishiladi.

Ushbu inspeksion-ko‘rik majmuasida sifatli ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida, texnologik jarayon ishlab chiqilib, har bir yuk poyezdi soatiga 8 km/s dan 30 km/s gacha tezlikda harakatlanishi belgilangan.

   

Ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur texnika yordamida yuk vagon va konteynerlar harakatlanayotgan vaqtida ichidagi tovarlarning joylashgan shaklini ko‘rish imkoni mavjud. U orqali konteynerdagi tovarlarning deklarasiyada ko‘rsatilganligiga mosligi, kontrabanda yuk-mahsulotlari bor-yo‘qligini nazorat qilish mumkin. Zero, inspeksion-ko‘rik majmuasini o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham  kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olish, xavfni boshqarish  tizimi orqali bojxona nazorati samaradorligini oshirish borobarida, eksport va import jarayonlarini yanada tezlashtirishdan iboratdir.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish
503 Service Unavailable

Service Unavailable

The server is temporarily unable to service your request due to maintenance downtime or capacity problems. Please try again later.

Additionally, a 503 Service Unavailable error was encountered while trying to use an ErrorDocument to handle the request.