Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

15:39:23 (GMT +5), payshanba, 18 aprel 2024

Vagonlardagi o‘rinlarning joylashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan holat yuzasida izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlik kompaniyalaridan biri tomonidan sayohat hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘rindiqlar yo‘qligi haqidagi video tarqatildi. 

2021 yilning 22 mart kuni Toshkentdan Andijonga qatnaydigan №62-sonli poyezdning 6chi va 5chi vagonlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgan paytida isitish tizimida nosozlik aniqlangan va zaxirada turgan soz vagonlarga almashtirilgan. Ammo almashtirilgan vagonlarning o‘rinlarning joylashuv sxemasi farq bo‘lgan, ya'ni 54 o‘rindiq o‘rniga 47 o‘rindiq edi. Buni inobatga olgan holda, "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ tomonidan operativ tarzda almashtirilgan ikkita vagondagi temir yo‘l chiptalarida rasmiylashtirilgan 14 nafar yo‘lovchi (48-dan 54-gacha bo‘lgan joylarga)  3-vagonning 28-34 va 38-44 o‘rindiqlarga joylashtirilgan. Ushbu qo‘shimcha o‘rinlar band qilinligini ASU “Ekspress-3” xalqaro chiptalarni sotish tizimidagi holatni quydagi rasmda ko‘rish mumkin.

Shuningdek, videoda "DILRABO TRAVEL" MChJ sayyohlik agentligi xodimi ushbu poyezdning 24 daqiqaga kechikganligidan noroziligi ham aks ettirilgan. Aslida kechikishning sababi, Toshkentdan Marg‘ilonga №62-sonli poyezdda ketishlari kerak bo‘lgan "DILKAM MAZALLI NON" MChJning bir guruh sayyohlari sabab bo‘lgan. Ular Toshkent shahrining Chinoz tumanidagi 862-kilometrida joylashgan ko‘prikda ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli (M-39 yo‘lida) 140 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus katta tirbandlikda qolib ketgan. Bundan tashqari, o‘sha kuni Navro‘z ta'tildan M-39 yo‘lida avtomobillardan qaytayotgan odamlarning  soni ham keskin ko‘paygan. Qizig‘i shundaki, 140 nafar yo‘lovchilarni vagonlariga joylashtirilayotgan paytida ikkala turistik firma ma’sullari bir-birlari bilan janjallashgan, poyezd boshlig‘i hamda vagon kuzatuvchilari tomonidan vaziyatni tinchitishga urunishlariga qaramasdan ikkala turistik agenstovalarning ma’sullari “raqobat”lashishning baxs va munozaralar maydoni etib temir yo‘l poyezdlarida amalga oshirishni tanlashgan. Quyida yuqoridagi turistik agentliklar tomonidan berilgan arizalar keltirilgan.

 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish