×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

22:24:23 (GMT +5), seshanba, 16 aprel 2024

Tinchlik va farovonlik uchun har birimiz daxldormiz

"Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasida "Din niqobidagi ekstremistik harakatlar jamiyat barqarorligiga tahdid" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Korxonaning 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlari ishtirok etgan tadbirda dastlab, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi boshlig‘ining kadrlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Vahobov so‘zga chiqib, bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jahonda taxminan 2 milion 800 ming kishi mazkur jinoyat qurboniga aylanayotganini aytib o‘tdi.

- Afsuslanarlisi, jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi, - dedi J.Vahobov. - Ayrim kishilarning ishonuvchanligi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, bu jinoyatning ommalashuviga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, odamlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlari to‘liq anglab-anglamay, turli saytlarga a’zo bo‘lishi, qisqa muddat ichida moddiy muammolarni hal etish ilinji, yengil ish topish orzusi, huquqiy bilimlarga ega bo‘lmasligi, ayrim nopok hamyurtlarimizning g‘ayriinsoniy va g‘ayri-qonuniy harakatlari jinoyatdan jabrlanganlarning dunyoqarashi sayozligi, yetarli darajada ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormaslik eng katta sabab ekanligini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ham mazkur muammoning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6ta asosiy xalqaro shartnomalar ishtirokchisi hisoblanadi.

Tadbir davomida so‘z O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi S.Saidjalolovga berildi. U o‘z nutqida kun tartibidagi 2ta asosiy masala bo‘lgan diniy oqimlar, zararli g‘oyalarga qarshi kurashish hamda yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish maqsadida “Din niqobidagi ekstremistik harakatlar jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

- Prezidentimizning BMT 72-sessiyasida “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz”, deya ta’kidlagan edi, - dedi S.Saidjalolov. - Mamlakatimizda aqidaparastlik va diniy ekstemizmdan xalqimiz hamda yoshlarimizni ma’naviyat va ma’rifat yo‘li bilan asrash ilgari surilmoqda. Ekstremizm (lotincha - “aql bovar qilmas darajada”, “haddan oshish”) - ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasidir. Aqidaparastlik (aqida - arabcha - “ishonch”) muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’siri doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi. U yoki bu hodisa, qoida yoki tamoyilni mutloqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin.

So‘zga chiqqanlar yuqoridagi kabi illatlar oldini olish, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, har birimiz Vatan taqdirini o‘z taqdirimiz deb bilishimiz, shu yurtning yanada taraqqiy etishi va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qilishni fuqarolik burchimiz deb bilishimiz zarurligi haqida aytib o‘tishdi.

Tadbir so‘nggida “Islohotlar shukronasi yoxud ilm - taraqqiyot ustuni” nomli film namoyish etildi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish