Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:29:09 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori M.Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Toshpo‘latov bilan birgalikda Samarqand temir yo‘l texnikumining o‘quvchiyoshlari bilan uchrashdi.

Savol-javob tariqasida o‘tgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollariga javob olishi bilan bir qatorda, ularning foydasiga ta’lim kreditlari ajratib berish, ishga joylashtirish, bandligini ta’minlashga amaliy yordam berish va boshqa masalalar to‘g‘risidagi murojaatlari o‘rganib chiqilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, uchrashuv jarayonida texnikumda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratib berilgan barcha sharoitlar, shu jumladan, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun auditoriyalar, maxsus ixtisoslashtirilgan xonalar, talabalar yotoqxonasi va boshqa joylar ko‘zdan kechirildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori hamda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sportga jalb etish maqsadida 12 dona velosiped va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.


Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish