Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:55:57 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik!

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining Rossiyalik hamkasblari bilan olib borilgan muzokaralari natijasida  Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Jumladan joriy yil dekabr oyining 14,21,28 sanalarida Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi. Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali  е-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish