Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

05:24:23 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Gumanitar yordam yuki O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yetib bordi

Xabaringiz bor, bir kun oldin Andijon stansiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan birodar qirg‘iz xalqini qo‘llab-quvvatlash tadbiri doirasida tashkil etilgan gumanitar yuk yuborilgan edi. Yuk poyezdiga 3 ming tonna bug‘doy yuklagan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati ko‘magi bilan poyezd qo‘shni davlat O‘sh shahridagi stansiyaga yetkazildi.

– Biz mamlakatimiz rahbariyatining topshirig‘i bilan yuborilgan gumanitar yordamni yetkazib berdik, – deydi Xusnitdin Xosilov, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi. – Bu birinchi yuborilgan poyezd bo‘lib, yaqin orada ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini o'z ichiga olgan yana ikkita poyezd jo'natish rejalashtirilmoqda. Ular temir yo'l orqali O'sh va Bishkek shaharlariga boradilar. Shunisi e'tiborliki, konteyner shifoxonalari tajribasi O'zbekistonda sinovidan o‘tgan va o'zini yaxshi ko'rsatdi. Shu kunlarda O'zbekistondan Qirg‘izistonga samolyot orqali tibbiy yuk (uskunalar va dori-darmon vositalari) yetib kelgan bo‘lib, ular ushbu konteyner shifoxonalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish va davolashda yordam berish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarini yuborish ham rejalashtirilgan.
 
Bug‘doy ortilgan poyezdni kuzatib borgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olgan mutasaddilar, pandemiya davrida mamlakatimiz tomonidan ko‘rsatilgan ko‘magi juda dolzarb ekanligini ta'kidladilar va ko‘rsatilayotgan yordam uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdilar.

– Ma'lumki, 14 noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi, – deydi Jarasul Abduraimov, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili. – Bugun esa biz gumanitar yukni qabul qilmoqdamiz. Tezkorlik bilan ko‘rsatgan yordam uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Biz o‘zbek xalqiga farovonlik va sog‘lik-salomatlik tilaymiz, xalqlarimiz do‘stligi abadiy bo‘lsin!  

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish
503 Service Unavailable

Service Unavailable

The server is temporarily unable to service your request due to maintenance downtime or capacity problems. Please try again later.

Additionally, a 503 Service Unavailable error was encountered while trying to use an ErrorDocument to handle the request.