Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:32:34 (GMT +5), juma, 19 aprel 2024

Turizm sohasini rivojlantirish maqsadida

   

    Joriy yilning sentyabr` oyidan boshlab "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tomonidan turizm sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent Markaziy Vokzalida Sayyohlik agentliklari uchun pul o'tkazmalari orqali chipta xarid qilishga xizmat qiluvchi maxsus chiptaxona tashkil etildi. Bu turistik agentliklariga hujjatlarni rasmiylashtirish, chiptalarni xarid qilishda qo'shimcha qulayliklar yaratadi. 

Mazkur kassada :

-  har bir sayyohlik agentliklari bilan shartnomalarni chiptaxonaning o'zida tuzish;
-  hujjatlarni rasmiylashtirish, pul o'tkazmalarini hisob kitob qilish;.
-  turistik agentliklar tomonidan buyurtmalarni o'z vaqtida ko'rib chiqish hamda ularni nazorat qilish;
 - Guruhli buyurtmalarga chiptalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.

Buning uchun maxsus xodimlar ajratilgan bo'lib, yuqori darajada servis xizmati ko'rsatish ishlarini olib borishadi.
-  Ish vaqti har kuni 12 soatni tashkil etadi. (08:00 dan 20:00 gacha) Uzluksiz ravishda xizmat ko'rsatiladi.  

                                                                   

 Axborot xizmati.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish