Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

11:30:54 (GMT +5), juma, 29 mart 2024

Ko'mir sanoatining rivojlanishi

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “O'zbekko'mir” aksiyadorlik jamiyati  tomonidan ko'mir sanoatida geologiya-qidiruv va kon yuzini ochish ishlarini jadallashtirish orqali ko'mir qazib olish imkoniyatlarini oshirishga yo'naltirilgan tarkibiy yangilanish­lar amalga oshirilmoqda.

2018 yilda  mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish borasida katta o'zgarishlar yuz bermoqda. Investorlar bilan hamkorlik aloqalarini olib borish yuzasidan bir qator  qarorlar qabul qilinib, sohadagi ishlar yangi bosqichga ko'tarildi. Jumladan, ko'mir qazib olish va sotish sohasini rivoj­lantirish dasturlari tasdiqlandi, unga ko'ra,  mamlakatimizda ko'mir qazib chiqarish uchun zaruriy texnika va asbob-uskunalarni sotib olish, ko'mir qazib chiqarish haj­mini oshirish maqsadida yangi kon qurilish­lariga qaratilgan investitsion loyihalar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi.


Bugun  “O'zbekko'mir” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar sohadagi ko'rsatkichlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Buni quyidagi raqamlar ham isbotlab turibdi: joriy yilning birinchi yarim yilligida 1 603,4 ming tonna ko'mir yoqilg'isi qazib olindi. Ko'mir ustki qatlamini ochish ishlari 7,5 million kub metrni tashkil qildi. Ko'rsatkich 2017 yilning shu davriga nisbatan 0,9 million kub metrga o'sishiga erishildi, o'sish sur'ati 112.3 foizni tashkil qildi. 


Hozirda ko'mir qazib olish ishlarini jadallashtirish maqsadida yangi va zamonaviy tog' texnikalari va avtotransport vositalari xarid qilinmoqda, mavjudlarini ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda korxonada mavjud tortish agregatlari, teplovoz va elektrovozlar hamda ekskavator texnikalari ham qoniqarli darajaga keltirilgan va bugungi kunda ulardan unumli foydalanilmoqda. O'z navbatida, ko'mir yetkazib berish ko'rsatkichlarida o'tgan yilning mos davriga nisbatan 102 foiz o'sish sur'ati qayd etildi. 6 oy davomida iste'molchilarga 2 096,1 ming tonna ko'mir yetkazildi.


Davlatimiz rahbarining  2017  yil 13 iyundagi “2017-2021 yillar davomida ko'mir sohasini rivojlantirish va modernizasiya qilish” to'g'risidagi qaroriga muvofiq, “O'zbekko'mir” aktsiyadorlik  jamiyatida umumiy qiymati 585,1 million AQSH dollari bo'lgan 8 ta investitsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu loyihalar doirasida yangi tog' texnologiyalari, og'ir yukli avtotransport vositalari va mavjud texnikalar uchun butlovchi qismlar xarid qilinishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari,  “Angren shaxtasi” qurilishi investitsion loyihasining amalga oshirilishi natijasida “Angren” ko'mir koni “Shimoliy” bortining o'zida yiliga 4 million tonna hajmda ko'mir qazib olish va yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyati paydo bo'ladi. Yil oxiriga qadar investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida 59,22 million AQSh dollari qiymatida pul mablag'lari jalb qilinishi ko'zda tutilgan.


Ta'kidlash joizki, “Sharg'unko'mir” aktsiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish investitsion loyihasi doirasidagi ishlar jadal sur'atlar bilan olib borilayotganligi  tufayli “Sharg'unko'mir” unitar korxonasining birinchi  yarim yillikda qazib olish sur'atlarida yuqori o'sish ko'rsatkichlariga erishildi. Jumladan, qazib olish ishlari 85,7 ming tonnaga bajarilib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 25,7 ming tonnaga ko'p, iste'molchilarga ko'mir yetkazib berish ishlari esa 90,6 ming tonnani tashkil qilib, bu o'tgan yilning shu davri ko'rsatkichidan 32,3 ming tonnaga  ko'pdir. O'sish sur'ati 155,3 foizni tashkil qildi. Bugun korxonada 6195 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotgan bo'lsa, o'tgan davrda asosiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritish maqsadida 117 ta ish o'rinlari yaratildi, 1721 nafar xodim qayta tayyorlovdan o'tkazildi. 60 nafar xodim esa maxsus o'quv-markazlari va Kemerevo hududiy malaka oshirish instituti, Turin politexnika universiteti kabi chet el oliy ta'lim muassasalarida malaka oshirdi.

Axborot xizmati


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish