Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

12:20:57 (GMT +5), payshanba, 28 mart 2024

Boshqa organlar bilan hamkorlik


==============================================================

Mustaqillik yillari temir yo'l sohasida islohotlarga boy davr bo'ldi. Yuk va yo'lovchilarni tashish bo'yicha to'liq qanoatlantirildi. Yuk tashishlar bo'yicha O'zbekiston yetakchi davlarlar ro'yhatiga kiradi.

Yurtboshimizning donishmandlarcha yuritayotgan siyosati, hamda respublikamizda olib borilayotgan kengqamrovli islohotlar tufayli O'zbekistonda temir yo'l sohasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda va dunyoga tanilmoqda...

(Bu haqida batafsil ma'lumotlar bilan bu yerda tanishib, hamda yuklab olishingiz mumkin).

 




=============================================================  

2015 yil 4-5 noyabr kunlari Toshkent shahrida MDHga a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashining 63-yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

MDHga a'zo davlatlarning temir yo'l transporti bo'yicha Kengashi va uning ijroiya organi – Kengash direktsiyasi Hamdo'stlik davlatlari o'rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni ta'minlash maqsadida 1992 yil 14 fevralda MDHga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kelishuviga binoan tashkil etilgan.

Kengash temir yo'llarning ekspluatatsiya faoliyati, yuk tashish vagonlari va konteynerlaridan birgalikda foydalanish, yo'lovchi va yuk tashish shartlari, xalqaro yo'nalishlarda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash, bajarilgan ishlar va xizmatlarni hisobga olish hamda buning uchun o'zaro hisob-kitob tizimini ishlab chiqish, ilmiy-texnik hamkorlik kabi

masalalarni ko'rib chiqadi va hal etadi...

(Bu haqida chop etilgan maqolalar bilan bu yerda tanishib hamda yuklab olishingiz mumkin).


============================================================

Hukumat bilan aloqa

     Hukumat bilan aloqa – bu hukumat tashkilotlari bilan o’zaro aloqa bo’lib, uning yordamida davlat tashkilotlari bilan ichki va tashqi aloqalarni mukamallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlarni qulay va tezkor tamoyiliga binoan yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa ortiqcha xarajatlarning oldini olib, ishlab chiqarishdagi vaqtni tejab ish samaradorligini, xodimlarning ishga bo’lgan layoqatini oshiradi. Bu elektron hukumatning asosini tashkil etib, davlat tashkilotlarining barchasini birlashtiradi hamda uning doirasida mamlakat hududidagi hamma fuqarolar, tashkilotlar to’g’risidagi ma’lumotlari birlashtiriladi va shu asosida ular tahlil qilinadi.


    Hamkorlik doirasida 2016 yil 27 iyun kuni “O’zbekiston temir yo’llari” AJ da jamiyatda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va hodimlar ish sifatini oshirishga yordam beradigan “Kadrlar hisobotini olib borishning korporativ tizimi” hamda “Elektron hujjat aylanmasining korporativ tizimi” dasturiy ta’minotlarini joriy qilish masalari bo’yicha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti mutaxassislari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti mutaxassislari ishlab chiqilgan dasturiy tizimlar haqida batafsil ma’lumot berishdi hamda ko’zda tutilgan ishlanmalar “O’zbekiston havo yo’llari” MAK kabi tashkilotlarda joriy qilingani va amalda qo’llanilayotganini ta’kidlab o’tishdi.

     Taqdimot jarayonida qatnashchilar axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasiga oid fikrlar bilan o’zaro almashdilar.

  

   Shunugdek, tanishtirish jarajyonida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ta’sischisi bo’lgan “Axborotlashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi” Nodavlat Notijorat Tashkiloti hodimlari tomonidan axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik masalalarini ko’rib chiqish taklif qilindi. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti mutaxassislari hamkorlik qilishni ma’qullashdi va shu munosabat bilan, “Axborotlashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi” Nodavlat Notijorat Tashkiloti va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tomonidan imzolanadigan Memorandum loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.